Toşkent şahrida 10 mart kunidan 2022-2023 yilgi isitiş davri yakunlanişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, xonalarni isitiş ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasini berişda yetkazib beruvçi isitiş davrini Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boşlaydi va tamomlaydi.
Qarorga köra, isitiş davri taşqi havoning örtaça sutkalik harorati 8 darajadan past bölgan 5 kunlik davr tamom bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi, 8 darajadan yuqori bölganda esa tamomlanişi kerak.
Mart oyidan havo harorati isigani va örtaça sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bölayotganini inobatga olgan holda, 2023 yilning 10 mart kunidan 2022-2023 yilgi isitiş davri yakunlanişi rejalaştirilyapti.
Toşkent şahrida 2022 yil 24 oktyabrdan köp qavatli uylarni isitiş boşlangan edi.

















