IIV rasmiy xabariga köra, bungaça içki işlar organlariga uşbu harakat taşkilotçilari mamlakatdan taşqarida joylaşgan buzğunçi kuçlar ekani, ularning maqsadi milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni, şuningdek, ğoyalariga qarşi bölgan ustidan tartibsizliklar, zöravonlikni tarğib qiliş ekanligi haqida turli ma’lumotlar kelib tuşgan.

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda buzğunçi şiorlar va notaniş kimsalar ta’siriga tuşib qolmaslik haqida ogohlantirgan.

«Joriy yilning 5 mart kuni jamoat tartibini buziş holatlarining oldini oliş maqsadida Toşkent şahar IIBB tomonidan profilaktika tadbirlari ötkazilib, ota-onalar va hodisa iştirokçilari bilan suhbatlaşildi», deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinişiça, buzğunçi kuçlarning yoşlarga ta’siridan harakat iştirokçilarining quyidagi çaqiriqlari dalolat bergan: «Salom, bugun soat 18:00 da butun forumni **** buzamiz. Tişimizgaça qurollanamiz. Pnevmatika, sovuq va jangovar qurollar». Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qiliş organlarining harakatlarini obrösizlantirişga urinişlar bilan anonim foydalanuvçilarning videolari tarqatilgan. 

«Ota-onalarga farzandining nimalarga qiziqayotganiga e’tibor beriş kerakligini eslatamiz», deyilgan IIV bayonotida. 

«Ryodan» yapon animatsiya san’ati muxlislari tomonidan taşkil etilgan bölib, dastlab ösmirlarni qiziqişlari böyiça birlaştirişni maqsad qilgan. Bolalar sevimli qahramonlarni muhokama qilib, ularga öxşaşga intilib, orqasida örgimçak rasmi hamda 4 raqami bölgan katakli şim va futbolkalarni kiyib olişgan.

Biroq, vaqt ötişi bilan harakatdan yangi yönaliş ajralib çiqib, ular içida bir qator tajovuzkor şaxslar paydo bölgan. Ular hududdagi vaziyatni beqarorlaştiriş, ösmirlarning «töliq şakllanmagan dunyoqaraşiga ta’sir ötkaziş» orqali ularni nazorat qilişni maqsad qilib olgan. Buning oqibatida, tarmoqdagi begona şaxslarning buzğunçi şiorlari ta’siriga berilib ketgan bolalar jamoat joylarida töplanib, ommaviy tartibbuzarliklarni uyuştira boşlagan.

Ayni paytda «Ryodan» harakati tomonidan uyuştirilgan bunday holatlar Rossiya, Ukraina, Belarus va boşqa davlatlarda qayd etilgan. Janjallar iştirokçilarning turli darajadagi tan jarohati olişi, mulkka zarar yetkazilişi, köplab ma’muriy va jinoiy işlarning qözğatilişiga olib kelgan.