AQŞ rasmiylari butun mamlakat böylab dengiz portlarida joylaşgan Xitoyda işlab çiqarilgan gigant kranlardan Pekin tomonidan josuslik quroli sifatida foydalanilgan bölişi mumkinligidan «xavotirda». Bu haqda 5 mart, yakşanba kuni manbalarga tayanib, The Wall Street Journal naşri xabar berdi.
Naşr suhbatdoşlari Xitoyning ZPMC işlab çiqaruvçisi tomonidan tayyorlangan port kranlarini yaşiringan «troya oti» bilan soliştirgan. «Nisbatan yaxşi sifat va arzon narxga qaramay, ular konteynerlarning kelib çiqişi va manzilini röyxatdan ötkaza oladigan va kuzata oladigan murakkab sensorlarni öz içiga oladi. Bu Xitoy AQŞ butun dunyo böylab harbiy operatsiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun mamlakatga yoki undan taşqariga yuborgan materiallari haqida ma’lumot töplaşi mumkinligiga oid xavotir uyğotadi», deyiladi WSJ materialida.
AQŞ kontrrazvedkasining sobiq yuqori martabali xodimi Bill Evaninning sözlariga köra, kranlar yuk oqimini buzmoqçi bölganlar uçun masofadan işlaş imkonini ham beradi. «Kranlar yangi Huawei bölişi mumkin», dedi u gazetaga, AQŞ hukumati amerikaliklar ortidan josuslik qilişidan qörqib, uskunasini taqiqlagan Xitoy telekommunikatsiya kompaniyasini nazarda tutib. «Bu qonuniy biznesning ajoyib kombinatsiyasi bölib, u maxfiy ma’lumotlar yiğilişi sifatida ham namoyon bölişi mumkin», dedi Evanin.
Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi matbuot kotibi WSJ’ga aytişiça, AQŞning kranlar haqidagi xavotiri «paranoyyaga asoslangan» va Pekin bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikka tösqinlik qilişga urinişdir. «Xitoy qartasi»ni işlatiş va «Xitoy tahdidi» nazariyasini tarqatiş mas’uliyatsizlikdir va bu Qöşma Ştatlarning öz manfaatlariga ziyon keltiradi», — dedi Xitoy elçixonasi.

















