Xitoy rasmiylari Qöşma Ştatlar tomonidan qarama-qarşilik siyosati xavfli ekanini ma’lum qildi. Xitoy taşqi işlar vaziri Tsin Gan 7 mart, seşanba kuni Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengaşi sessiyasi doirasida bölib ötgan matbuot anjumanida Vaşington adolatli va qoidalarga asoslangan raqobatga e’tibor qaratiş örniga, XXRni bostiriş va tiyib turişga umid qilayotganini aytib ötdi.

Agar AQŞ ma’muriyati Xitoyga nisbatan bu yönalişni özgartirmasa, bu «mojarolar va qarama-qarşiliklarga» olib keladi, deya ta’kidladi u va Vaşingtonni Xitoy haqidagi tasavvurni «jiddiy buzganlikda» aybladi. «Ular Xitoyni özlarining asosiy raqibi va eng katta geosiyosiy muammo deb bilişadi», dedi vazir. 

Tsin Ganning sözlariga köra, AQŞ ma’muriyati Xitoy bilan munosabatlarning asosiy tamoyillarini işlab çiqayotganini va ziddiyatga intilmasligini da’vo qilmoqda, biroq amalda bu Pekin tuhmat va hujumlarga söz yoki harakatlar bilan javob bermasligi kerakligini anglatadi. «Bu şunçaki mumkin emas, - dedi u. - Agar Qöşma Ştatlar tormozni bosmasa va notöğri yölda davom etsa, heç qanday tösiq mojaro va qarama-qarşilikka olib keladigan relsdan çiqişning oldini olmaydi». Tsin Gan «bunday mojaroning oqibatlari falokatli bölişi mumkinligini» qöşimça qildi. 

AQŞ-Xitoy munosabatlari bir neça yillardan beri turli kelişmovçiliklar - savdo mojarosi, Tayvan böyiça bahs, josuslik böyiça gumonlar va Pekinning Rossiyani qöllab-quvvatlaşi tufayli taranglaşgan. Ular sönggi haftalarda Xitoyning Amerika Qöşma Ştatlari uzra josuslik şarlarini uçirgani bilan kuçaydi, ulardan biri fevral oyida urib tuşirilgandi.