Roskomnadzor rossiyalik internet foydalanuvchilari uchun “Mediazona Belarus” veb-saytiga kirishni blokladi. Bu haqda 6 mart, dushanba kuni axborot erkinligi g‘oyalarini ilgari surish maqsadida yaratilgan “Roskomsvoboda” jamoatchilik loyihasi ma’lum qildi.
“Roskomsvoboda” hisobotida aytilishicha, blokirovka yanvar oyida “noma’lum davlat organi” tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra amalga oshirilgan, bu — katta ehtimol bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi. Saytda e’lon qilingan asosga qaraganda, sabab harbiy senzura bo‘lgan. “Roskomsvoboda” “Mediazona” portalining o‘zi Bosh prokuratura talabiga binoan allaqachon uch marta bloklanganini esladi: birinchi marta — Ukrainadagi urush boshida.
2020 yilda “Mediazona Belarus” veb-sayti Axborot vazirligi qarori bilan Belarusda bloklangan edi.











