Seşanba kuni keçqurun Gurjistonda minglab kişilar «Çet el ta’sirining şaffofligi töğrisida»gi qonunga qarşi ommaviy norozilik namoyişiga çiqişdi. U Rossiya Federatsiyasida qabul qilingan, amalga kiritilgan va allaqaçon yuzlab huquqbonlar va jurnalistlarning huquqlarini tamğalagan «çet el agentlari töğrisida»gi qonunning aynan özginasi.

Bunday qonunning qabul qilinişi Gurjistonning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo böliş yölidagi katta tösiq böladi. Şu sababli odamlar amaldagi hukumat va deputatlarni rossiyaparastlikda ayblab, norozilik namoyişlariga çiqişdi. Mamlakat poytaxti Tbilisida ommaviy tartibsizliklar röy berdi, politsiyaçilar ustiga Molotov kokteyllari yoğdirildi, kuçişlatar tuzilmalar esa namoyişçilarga qarab suv purkovçi uskunalar va közdan yoş oqizuvçi gazlarni işga solişdi.

Foto: liga.net

Gurjiston parlamenti 7 mart kuni birinçi öqişdayoq «çet el agentlari töğrisida»gi qonunning yakuniy va qat’iy versiyasini qabul qildi. Bu qonunga köra, moliyalaştirilişining 20 foizdan ortiq qismi xorijdan bölgan jismoniy va yuridik şaxslar çet el ta’siri ostidagi agentlar sifatida davlat röyxatidan ötişi kerak. Uni parlamentning 76 deputati qöllagan, faqatgina 13 kişi qarşi çiqqan.

Mamlakatda ommaviy norozilik namoyişlari boşlanib ketdi. Seşanba kuni Tbilisidagi Şota Rustaveli köçasida joylaşgan parlament binosi oldiga bir neça ming kişi töplandi. «Rossiya qonuniga örin yöq!» — deya qiçqirişgan ular va RF prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilişgan. Ular Gurjiston, Yevropa Ittifoqi va Ukraina bayroqlarini hilpiratişgan. Muxolifat ayni paytdagi hukumatni rossiyaparast deb hisoblaydi. Kuçişlatar tizimlar bunga javoban namoyişçilarni közdan yoş oqizuvçi gazlar va suv purkagiçlar bilan tarqatişga harakat qilişdi. Namoyişçilar esa parlament binosiga yopirilib kirişga urinişdi.

Foto: sputnik-georgia

Bu norozilik namoyişlari 2019 yildan buyon Gurjistonda eng yirigi böldi. Öşanda mahalliy aholi mamlakatning bir neça hududi Rossiya tomonidan okkupatsiya qilinganiga qarşi norozilik bildirgan edi. Tartibsizliklar çoğida 240 kişi jabrlangan, 300 dan ortiq kişi uşlangandi. Noroziliklardan söng Gurjiston parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze iste’foga çiqqan edi.

Keça qabul qilingan qonunni Tbilisidagi AQŞ elçixonasi «Gurjiston demokratiyasi uçun qora kun» deb atagan. «Bu qonun loyihasini işlab çiqişda Kremldan ilhomlanilgan», — degan elçixona. Gurjistondagi norozilik namoyişlarini bostiriş uçun mas’ul bölganlar AQŞ sanksiyalariga duçor bölişi mumkin, degan AQŞ davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays.