Toşkent Tibbiyot akademiyasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi. Unda muassasada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning yutuqlari munosib taqdirlandi.

Bugungi kunda TTA da 700 nafardan ziyod ayollar mehnat qilişadi. Toşkent Tibbiyot akademiyasi tomonidan ötkazilgan bayram tantanasida ularning ilmiy, taşkiliy va boşqa jarayonlarda qölga kiritayotgan yutuqlari e’tirof etildi.

Akademiya rektori A.Şodmonov tadbirda jamiyat taraqqiyoti va hayotimizni ayollarning iştirokisiz tasavvur etib bölmasligini alohida ta’kidladi va qadrli ustoz-murabbiylar, xotin-qizlarni gözallik va nafosat ayyomi bilan qutlab, ularga mustahkam soğliq, gözallik, oilaviy baxt tiladi.

Xotin - qizlar bayrami munosabati bilan tayyorlangan badiiy-musiqiy kompozitsiyada bilimli, zukko, har tomonlama örnak olsa arziydigan, nomdor stipendiant talaba-qizlar va olima ustoz şifokorlarga alohida ehtirom körsatildi.
Şuningdek, Toşkent davlat rus akademik drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan “Xanuma” teatr tomoşasi namoyiş etildi.
TTA matbuot xizmati
















