Bu haqda Qonunçilik palatasi yalpi majlisida deputat Jahongir Şirinov ma’lum qildi.
“Natijada konstitutsiyamiz ham mazmunan, ham şaklan mutlaqo yangilanmoqda. Barçamizga ma’lumki, agar amaldagi qonun hujjati matnini sezilarli özgartiriş talab etilsa, uni yangi tahrirda bayon etiş zarur. Şu boisdan hamda kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalarning siyosiy ahamiyati va kölamidan kelib çiqib, körib çiqilayotgan loyihada konstitutsiyani yangi tahrirda bayon etiş uçun barça asoslar yetarli.
Şuning uçun ham loyihaning nomini “Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” emas, balki “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni deb ataş taklif etilmoqda.
Öz navbatida loyihaning tarkibiy tuzilişi ham qayta körib çiqilib, Konstitutsiyamizga qöşilayotgan yangi moddalarga mustaqil raqamlar berilmoqda”, – dedi Şirinov.













