Yevropa kosmik agentligi (ESA) qoşidagi Yerga yaqin obektlarni muvofiqlaştiriş markazi «xatarlar röyxati»ga 2023DW nomini olgan yangi asteroidni qöşdi.
Uning diametri qariyb 50 metr bölib, olimpiya suziş basseyni ölçamiga teng. Töqnaşuv 2046 yil 14 fevralda yuz berişi mumkin.
Töqnaşuv ehtimoli 1/625 nisbatga ega, bu ilmiy standartlar böyiça juda yuqori hisoblanadi.
Hozir Markazning «xatarlar röyxati»da 1449 ta obekt bölib, 2023DW asteroidi töqnaşuv ehtimolligi böyiça 10-örinda, ehtimolligi yuqori bölgan 200 ta jism orasida kattaligi böyiça birinçi örinda.
Hozirça asteroidning aniq şakli noma’lum. Bundan taşqari, tadqiqot yaqinda boşlandi, kelajakda yanada aniqroq hisob-kitoblar Yer bilan töqnaşuv imkoniyati kamroq ekanini körsatişi ham mumkin.
50 metrli asteroid halokatli zarar yetkazuvçi jism hisoblanmaydi. Ammo agar xatar saqlanib qolsa, NASA yoki boşqa agentliklar asteroid orbitasini özgartiriş va töqnaşuvning oldini oliş uçun DART kabi zondni fazoga uçirib, asteroidni parçalaşi mumkin.












