Jumladan, davlat çegarasining Yangiqörğon tumani hududidan ötuvçi qismida noma’lum şaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 14 kg 512 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan DXX Namangan viloyati böyiça Boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, uşbu giyohvandlik vositalari egalarining şaxsiga aniqlik kiritiş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
DXX Toşkent şahar böyiça Boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa Namangan-Toşkent yönalişida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomaşina Ohangaron tumani hududida töxtatildi.
Avtomaşina közdan keçirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan, 2002 yilda Farğona viloyatida tuğilgan fuqaroga tegişli qöl sumkasi içida 50 gr “geroin” moddasi, 672 dona “Regapen” va 300 dona “Tropikamid” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Qirğiziston fuqarosi tomonidan Yangiqörğon tumani hududiga kontrabanda yöli bilan ötkazilgan uşbu giyohvandlik vositalarini 1800 AQŞ dollariga sotib olgan, 1996 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan şaxs ham Ohangaron tumanidagi “Çinor” YPX maskanida uşlandi.
Mazkur şaxslarning biri Toşkent şahridagi davlat, ikkinçisi esa nodavlat universitetlarning talabalari hisoblanib, ular poytaxt hududida narkotik moddalar savdosi bilan şuğullanişgan.
Hozirda uşbu fuqarolarga nisbatan DXX Toşkent şahar böyiça Boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246, 251-1 va 273-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















