10 mart, juma kuni Gurjiston parlamenti yalpi majlisda «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini qabul qilişga qarşi ovoz berdi va şu bilan uni rasman qaytarib oldi. Yiğiliş bir neça daqiqa davom etdi, deb xabar beradi «Interfaks».
7 va 8 mart kunlari Tbilisida minglab odamlar «çet el agentlari» haqidagi qonunga qarşi norozilik namoyişi ötkazdi, u politsiya va namoyişçilar örtasida töqnaşuvlarga aylanib ketdi.
Gurjistonda «çet el agentlari» haqidagi bahsli qonun loyihasi qaytarib olinganiga qaramay, hukumatga qarşi namoyişlar davom etyapti. 9 mart, payşanba kuni minglab odamlar yana Tbilisi markazida norozilik aksiyasiga yiğildi. Namoyişçilar Gurjiston, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini uşlab turişgan.
Muxolifat öz tarafdorlarini Gurjiston ğarbparast yöl tutişiga kafolat olmagunça namoyişlarni davom ettirişga çaqirdi. Avvalroq Gurjistonning hukmron partiyasi Rossiyadagi xuddi şunday qonunga öxşab ketadigan va u yerda özgaça fikrni bostiriş uçun qöllanadigan qonun loyihasini parlamentdan qaytarib olgan edi. Hujjatni qaytarib oliş töğrisidagi qaror zöravonlik va önlab muxolifat vakillarining hibsga olinişi bilan keçgan ommaviy norozilik namoyişlari fonida qabul qilingan.
9 mart kuni Gurjiston Içki işlar vazirligi 7 va 8 mart kunlari «çet el agentlari» töğrisidagi qonun qabul qilinişiga qarşi ötkazilgan norozilik aksiyalarida ma’muriy huquqbuzarlik uçun qölga olinganlarning barçasi ozod etilganini ma’lum qildi.
Avvalroq «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini keskin tanqid qilgan Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili uşbu hujjatning parlamentdan qaytarilişini namoyişçilarning muvaffaqiyati deb atadi. «Men hamjamiyatni birinçi muvaffaqiyati bilan tabriklamoqçiman. Özini eşitişga majburlagan odamlar bilan faxrlanaman», dedi u rasmiy taşrif bilan bölib turgan Nyu-York şahridan yöllagan telemurojaatida.
Qonun loyihasiga köra, xorijiy moliyalaştiriş uluşi 20 foizdan ortiq bölgan barça taşkilotlar yuqori jarima yoki qamoq jazosi tahdidi ostida «çet el agentlari»ning maxsus reyestrida röyxatdan ötişlari kerak edi.

















