Islomjon Ergaşxöjayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinçi muddatga tayinlandi.

«Boş prokurorning buyruğiga asosan adliya katta maslahatçisi Islomjon Jasuroviç Ergaşxöjayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinçi muddatga tayinlandi», deyiladi xabarda.

Islomjon Ergaşxöjayev 1970 yilda tuğilgan, Toşkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.

1999-2004 yillarda Boş prokuraturada turli lavozimlarda işlagan, 2009 yilga qadar Toşkent şahri Mirobod tumani prokurori bölgan. 2009-2011 yillarda Toşkent viloyatining Ohangaron şahri prokurori, 2011 yilda Ohangaron tumani prokurori bölgan, 2011 yildan 2016 yil martiga qadar Piskent tumani hokimi lavozimini egallagan.

2016 yil martida esa Toşkent viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlanadi. 

2016 yil 15 avgustida Toşkent viloyati hokimligida yarim yildan ortiqroq işlagan Sodiq Abdullayev örnida iş boşlaydi. Uning özi ham hokimlikda köp vaqt qolmaydi va 2016 yil dekabrida Özbekiston boş prokurori örinbosari lavozimiga ötkaziladi. 2017 yil noyabridan buyon esa  Jizzax viloyati prokurori lavozimida işlab kelmoqda.