«Buni sun’iy idrok yeçib beradi» degan ibora köpinça, masala ustida tabiiy idrok yetarliça boş qotirmaganini anglatadi. AI (artificial intelligence – sun’iy idrok) abbreviaturasidan esa tobora öylamasdan foydalanilmoqda, çunki sun’iy idrok bilan hamma narsa yaxşiroq çiqmoqda (va sotilmoqda).

Xöş, sun’iy idrok nima? U bizga nima uçun kerak? Eng asosiysi — bu borada qayoqqa qarab ketmoqdamiz?

Sun’iy idrok

Bu texnologiyalar keça yo bugun paydo bölib qolgani yöq, lekin unga nisbatan ommaviy qiziqiş 2011–2012 yillarda paydo bölgan. Öşanda insonni tovuşidan tanib oliş kabi çindan ham murakkab masalalar yeçila boşlagan. 2012 yil kuzida tasvirlarni sinflaş tanlovida AlexNet tarmoğining ğalabasi bu yondaşuv boşqalardan ustunligini namoyiş etib berdi.

2010-yillar örtalaridan boşlab har bir yirik texnokorporatsiya va istiqbolli startaplarning köpçiligi neyrotarmoqli texnologiyalardan foydalanib, uni rivojlantira boşladi. Sun’iy idrokni har qanday joyda işlatiş mumkinligi oydinlaşdi. Masalan, agar 2012 yilda Google çuqur örganiş sohasida ikkitagina loyiha bölgan bölsa, 2016 yilga kelib ularning soni mingdan oşdi. Soha gurkirab rivojlanişi butun dunyo böylab hukumatlar e’tiboriga tuşa boşladi.

Sun’iy idrok vasvasasiga Kreml ikkinçi ön yillik oxiriga kelib e’tibor qarata boşladi. 2019 yilning mayida Vladimir Putin AI sohasida monopoliyaga erişgan odam «jahonga mutlaq hokim» bölişini ta’kidladi. U AI sohasida «texnologik suverenitet»ga erişişga buyruq berdi. Öşa yilning kuzida «Sun’iy idrok» milliy loyihasi va AI’ni 2030 yilgaça rivojlantiriş böyiça milliy strategiyani ta’sis etuvçi farmon imzoladi.

Sun’iy idrok nima?

Matematiklar hazilomuz ohangda özlari şuğullanayotgan har bir narsa matematika ekanini ta’kidlaşadi. Sun’iy idrok bilan ham şunday — biz AI deb atayotgan har bir narsa u. 

Sun’iy (yoki sodda qilib aytganda mexanik) idrok haqidagi orzular tarixi yuzlab, hattoki minglab yil oldinga borib taqaladi.

Bu mavzuni akademik davralarda ötgan asr örtalaridan işlab çiqa boşlaşgan. 1950 yilda Alan Tyuring «Maşinalar fikrlay oladimi?» degan savolni örtaga taşlagan. Keyinroq, 1955 yilda Stenford universiteti professori Jon Makkarti «sun’iy idrok» tuşunçasini amaliyotga kiritdi va unga şunday ta’rif berdi: «Aqlli maşinalarning ilmiy va injyenerlik işlanmasi».

AI tarixçilari sun’iy idrokka quyidagiça zamonaviy ta’rif berişadi: «tizimni taşqi ma’lumotlarni töğri interpretatsiya qiliş, bu ma’lumotlarni örganiş, muayyan maqsadlar va vazifalarga erişiş uçun egiluvçan adaptatsiya yordamida olingan xulosalardan foydalaniş qobiliyati». Mana yana boşqa bir ta’rif: «aqlli harakat qiluvçi hisoblovçi agentlarning sintez va tahlilini örganuvçi fan sohasi». Mana, uçinçisi. Bunisi esa törtinçisi. Turli vaziyatlar uçun yana bir neçtasi.

Hozir sun’iy idrok böyiça nafaqat yagona ta’rif mavjud emas, umuman töxtam ham yöq. IBM va Google kabi texnogigantlar sun’iy idrokdan muayyan vazifalarni yeçiş (masalan, nutq orqali tanib oliş)da foydalanmoqda.

Ayrim olimlar sun’iy idrok — inson tafakkuri simulyatsiyasi ta’rifidan foydalanadi. Boşqalari maşina aqlli bölişi kerak, deb hisoblaşadi. Lekin aql nima degan savolning özi AI bilan boğliq akademik bahslardan ham qadimiyroq.

Bu orada sun’iy idrok juda tezlik bilan rivojlanmoqda, insoniyat ham uning ta’rifini muntazam özgartirib turibdi. Sun’iy idrok tuşunçasini anglaşga bölgan urinişlar «AI effekti»ni ham paydo qildi. Kompyuterning navbatdagi yutuğini körgan tanqidçilar bu tafakkur namoyişi, deya uşbu klassni idrokni aniqlaş vazifasidan kesib taşlaşgan. Ularning ayrim ta’kidlari bilan kelişsa böladi (kompyuterning şaxmat yoki şaşkani yaxşi öynaşi idrokdan darak bermaydi, albatta). Lekin bu jihatlarning barçasi ham idrok sun’iy yoki tabiiyligini tuşunişga yordam bera olmaydi.

Şu sababli AI tuşunça sifatida juda tor doirada foydalaniladi. Kutilmagan darajada aqlli narsalar yarata oladigan zamonaviy texnologiyalar guruhi şunday ataladi. Köpinça AI’ni bitta, eng modaga çiqqan texnologiyagaça toraytirişadi. Masalan, 2023 yilda «AI’dan foydalaniş» deganda ulkan til modullari (LLM) tuşunilmoqda. Bu juda katta şov-şuv keltirib çiqargan ChatGPT çat-boti va şunga öxşaş mahsulotlar ortida turgan neyrotarmoqli texnologiya.

Tabiiyki, AI işlanmalari yirik til modullari bilan çeklanib qolmaydi. Boz ustiga, ön yillardan söng mutlaqo boşqa texnologiya yuzaga kelişi ham mumkin: sun’iy idrok yaratuvçilari bungaça ham boşi berk köçaga kirib qolib, allaqaçon ikkita katta «qiş»ni boşidan ötkazgan. 

Sun’iy idrok nima uçun kerak?

Sun’iy idrok köp ma’noda orzu-istaklarni bajo keltiruvçi sehrli tayoqça. Şuning uçun aniqlaştiruvçi muhim savol örtaga çiqadi: kimning orzusini? Oddiy foydalanuvçilar, texnokorporatsiyalarning yoki harbiylarning?

Ularning barçasi AI’dan u berişi mumkin bölgan narsadan ortiqroğini xohlaşmoqda. Bank of America tahlilçilarining yozişiça, AI sohasida hademay «iPhone lahzasi» paydo böladi, ya’ni 2007 yilda ilk iPhone telefon va internet haqidagi tuşunçalarni ostin-ustun qilib yuborgani kabi oddiy narsalar haqidagi tasavvurlarni çilparçin qiluvçi qandaydir yangi mahsulot paydo böladi.

Foydalanuvçilar — informatsion jamiyatning oddiy aholisi AI ularning turmuşdagi va hayotdagi yumuşlarini yengillaştirişini kutmoqda. Çindan ham, inson informatsion davrga qadam bosganidan buyon aqliy mehnat ham jismoniy mehnat kabi bir xil va holdan toydiruvçi bölişini heç kim kutmagan edi.

Zamonaviy AI bu maşaqqatli işni yengillaştiradi: seriallar tavsiya qiladi, hisobotlar tuzadi, uyga vazifalarni bajarib beradi (garçi köngildagidek çiqmasa ham), matnlarni tarjima qiladi, psixoterapiya bilan şuğullanadi, amaliy illyustratsiyalar yaratadi, insonlar örniga çatlarda va telefon orqali xizmat körsatiş xizmatlarida ötiradi.

Lekin bu boşqalar AI’dan yeçilişini kutayotgan vazifalar emas aslo.

Harbiylar uçun AI ikkinçi sovuq uruş va istiqbolli muqobil harbiy tizimlar uçun mablağ undiriş uçun imkoniyat sifatida jozibador. Xitoy texnologiyalarni harbiy va fuqarolik jihatdan qöşib yuborilişiga intilmoqda. AQŞ harbiylari avtonom tizimlar salohiyatini inqilobiy deb baholab, uşbu inqilobga yetakçilik qilişga şoşilmoqda. 

Bu qiziqiş Rossiyada ham rivojlanmoqda. 2017 yilda rossiyalik harbiylar sun’iy idrokli raketalar haqida söz oçişdi. 2018 yilda «yuqori aniqlikdagi» qurollar bilan olib boriladigan kiberuruşlar haqida gapirişdi. 2020 yilda AI işlanmalari fuqarolik sohasidan harbiy sohaga transfer qilingani haqida aytib ötişdi. 2021 yilda RF mudofaa vazirligi nafaqat «AI’ga ega jangovar robotlar» haqida bayonot berdi, şuningdek, öz budjeti va buyurtmaçi funksiyalariga ega (ya’ni davlat pullarini özi ehtiyojga qarab xarajat qiladigan) AI böyiça boşqarma tuzişga ham qaror qildi.

Rahbarlar va texnokorporatsiyalar uçun AI bu eng avvalo mömay pul işlab oliş yöli. Öşa Bank of America’ning baholaşiça, yaqin yetti yil içida AI jahon iqtisodiyotini 15,7 trln dollarga oşiradi. Ikkinçidan, bu kadrlarda iqtisod qilişning istiqbolli yöli. Facebook kabi kompaniyalar har yili xodimlari sonini önlab foizga oşirib borgan — 2022 yilda esa bozorni Meta va Twitter’dagi minglab işdan böşatişlar qalqitib yubordi. Aytiçilar sonini köpaytirmasdan samaradorlikni oşiriş — texnokapitalistlarning orzusi.

Siyosatçilarga AI özining «zamonaviy» ekanini köz-köz qiliş uçun imkon taqdim etmoqda. Masalan, Ruminiyada boş vazir «faxriy» sun’iy yordamçiga ega. Yana, hokimiyatni mustahkamlaşda ham asqatadi: jinoyatçilik va ekstremizmga qarşi kuraş vaji ostida tartib joriy etişni kuçaytiriş, fuqarolar kayfiyatini kuzatiş osonroq, eng sönggi çora sifatida — raqamli konslagerga ega ideal politsiya davlati quriş mumkin. Ulkan ma’lumotlar massivini tinimsiz maydalab turadigan sun’iy idroksiz unisiga ham, bunisiga ham erişib bölmaydi.

Bundan taşqari, AI’ni davlat boşqaruvi sifatini oşirişga ham örgatişmoqçi (garçi quyi joylardan kelgan xato axborotlar tufayli diktatorlarga yomon maslahatlar beriş ehtimoli saqlansa-da).

Eng dastlabki va qiziq misollardan biri sifatida akademik Viktor Gluşkov (sovetça AI otalaridan biri)ning SSSRda OGAS (Obşçegosudarstvennaya avtomatizirovannaya sistema — Xalq xöjaligida umumdavlat avtomatlaştirilgan tizimi)dan foydalanişga bölgan urinişlarini keltiriş mumkin. Gap 1960-yillarda «qölda» boşqariş imkoniyati töliq yöqotilgan rejali iqtisodiyotni qutqariş haqida borardi. OGASni yaratiş uçun SSSRning kosmik va atom loyihalarini qöşgandan ham köproq mablağ zarur edi, şu sababli loyiha amalga oşmagan — uning ayrim qismlari tatbiq qilingan. Ular esa sovet ittifoqini parçalanişdan asray olmagan.

Bu yerda şunisi muhimki, informatsion jamiyatni markazlaştirib quriş iqtisodiyotning kuçli davlatlaştirilişida hokimiyat uçun jozibali böladi. Bu holatda menejyerlar işonçdan mosuvo, elita esa qölda boşqaruvdan foydalanadi. Agar Rossiya raqamli iqtisodiyotiga sovetça OGAS tarixi prizmasidan qaralsa, Putin AI’dan nima istayotganini osongina tuşunsa böladi.

Sun’iy idrok qaçon hayotimizni özgartiradi?

Uning istiqbolini hammadan köra AI’ning ğarbdagi otalaridan biri Marvin Minskiy yaxşiroq sözda ifodalagan. 1970 yilda u Life jurnaliga «yaqin 3–8 yil içida örtaça odamning umumiy idrokiga teng maşina yaratiladi», degan. Bu amalga oşmagan bölsa-da, ayrim masalalarda AI insondan ham özib ketdi, lekin yarim asr içida örtaça umumiy idrokka öxşaş heç narsa yaratilgani yöq.

Natijada, inson idrokidan köproq foydalanişga töğri keldi. Şu sababli sun’iy idrok istiqbollarini anglaş uçun tabiiy idrok salohiyatini aniqlab oliş kerak. Uning örnini maşina bosa oladimi? Agar bosa olsa, aynan kimlarnikini?

Yuqorida zikr etilganidek, texnokorporatsiyalarga imkon qadar köproq jarayonlar avtomatlaştirilişi kerak. Ştat jadvalini şişirmasdan murakkab tizimlar quriş yöli topilişi kerak. Hamma 2015 yilda 50 xodim bilan 900 million foydalanuvçiga erişgan WhatsApp möjizasini takrorlaşni istaydi. Taqqoslaş uçun: 2006 yilda 150 xodim bilan iş boşlagan Facebook’da 2022 yilning dekabriga kelib 86 ming xodim töliq ştatda işlagan, bu hali töliqsiz ştatlar hisobga olinmaganda.

Bu yerda sun’iy idrok haqidagi boşqa orzumandlar manfaati ham birlaşadi. Harbiylar öz askarlari jonini saqlab qolib, inson omiliga boğliqlikdan voz keçişni istaydi. Siyosatçilar uçun buyruqqa some, barça topşiriqlarni ğiq etmay bajaruvçi, şaffof hisobot beradigan raqamli byurokratik apparat kerak. 

Bu yölda muammolar kam emas. Gap kiberaskar murakkabligi, şaffof hisobot oliş amalda imkonsizligida ham emas, hozirça bu tizim uçun boşlanğiç ma’lumotlar kiritiş joylardagi odamlarga boğliq.

Gap şundaki, AI’ning «sehrli tayoqça»si juda qimmatga tuşmoqda. Garçi u köp masalalarni yeçsa-da, hozirça uning plyusga işlaşi noma’lumligiça qolmoqda. Qayd etib ötmoq kerakki, AI’ning avvalgi «qiş»lari xususan, davlat va harbiy buyurtmaçilarning «tarvuzi qöltiğidan tuşişi», binobarin, moliyalaştiriş bas qilinişi tufayli sodir bölgan.

Çindan ham, hozirça sun’iy idrok tabiiysining işini tortib olayotgani yöq. Aksinça, barça yangi texnologiyalar tajribasi eski iş örinlari örniga undanda köp yangilari paydo bölayotganidan sözlamoqda. AI bilan boğliq holatda yangi texnologiyani tuşunadigan malakali mutaxassislarga ulkan talab paydo böladi.

Lekin AI modellari uçun ma’lumot yuklaydigan past malakali xodimlarga ham talab oşadi. Maşina öqişi uçun ma’lumotlar töplaş va belgilaş bozori 2030 yilgaça yiliga 25 foizdan ösadi va 12,75 mlrd dollar hajmga yetadi. Rivojlangan davlatlardagi katta maoş oluvçi yetuk mutaxassislarning işini avtomatlaştiriş uçun «uçinçi dunyo» davlatlaridan önlab, yuzlab belgilovçilarni işga soliş kerak böladi.

2019 yildayoq hindistonlik minglab ayollar pilotsiz boşqariladigan avtomobillar uçun kompyuter «nigohi» yoki töldirilgan reallik tizimlari uçun algoritm tuzişga AI’ni öqitiş uçun öz tabiiy idrokini minimal pulga sotişgan. 2022 yilda esa keniyaliklar soatiga 2 dollardan kamroq maoş evaziga ChatGPT’ni zararli kontent, zöravonlik va hokazo taqiqlangan narsalardan himoya qiliş uçun eng rasvo matnlarni qarab çiqişgan.

Boz ustiga, zamonaviy AI tizimlarini qöllab turiş juda qimmatga tuşadi. 2023 yil yanvarida yuz milliondan ortiq foydalanuvçisi bölgan öşa ChatGPT’da saytga 590 million taşrif bölgan. Eng qöpol hisob-kitoblarga köra, ChatGPT normal faoliyat körsatişi uçun unga 30 mingta videokarta kerak böladi, bu esa kamida 300 mln dollar turadi.

Yana bir qöpol hisob-kitoblarga köra, ChatGPT tomonidan generatsiya qilingan har bir söz bir sent atrofida turadi. Kuniga millionlab foydalanuvçilar kirganda, gap kuniga 100 ming dollar, oyiga 3 million dollar haqida bormoqda. Yuz million foydalanuvçi işlab çiqaruvçilarning pulini yanada tezroq «yoqa boşlaydi».

Bu hali hammasi emas. Sönggi yillarda olimlar nafaqat AI tizimi narxiga e’tibor qaratişmoqda, uning ekologik tozaligi ham savol ostida. Bu masalada ham hammasi silliq ketayotgani yöq: «sehrli tayoqça» dastlabki öqitiş asnosida ham, iş jarayonida ham parovozdek energiya yamlaydi.

Ayrim baholaşlarga köra, ChatGPT’ni öqitiş uçun kiçikroq şaharçaning oylik iste’moliga teng energiya ta’minoti kerak böladi, işlaş vaqtida esa oylik energiya iste’moli öqitiş davrinikidan bir neça barobar oşib ketadi.

ChatGPT’ga öxşaş tizimlar (uning Google, Metaʼdagi muqobillari, xitoyliklardagi Baidu, Janubiy Koreyadagi Naver, «Yandeks» ham çiqarişni va’da qilgan) qançalik köpaysa, istaklarni röyobga çiqarib qança turişi şunçalik tuşunarli bölib boraveradi.