Koreya yarimorolida keskinlik kuçaygan bir paytda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In «haqiqiy uruş» ehtimoli böyiça yanada jadalroq manyovrlar ötkazişni buyurdi. 10 mart, juma kuni KCNA Şimoliy Koreya davlat axborot agentligi xabar qilganidek, Kim Çen In qizi bilan hamrohlikda dala artilleriya maşğulotlarini kuzatgan.

Agentlik tomonidan e’lon qilingan suratlar manyovrlar davomida bir vaqtning özida kamida oltita raketa uçirilganini körsatadi. «Zarba beriş missiyalari» uçun tayyorlangan bölinma «belgilangan suvlarga kuçli zarba» berdi va «haqiqiy uruşga qarşilik körsatiş» qobiliyatini namoyiş etdi, deb yozadi KCNA. 

Kim Çen In maşğulotlarni közdan keçirar ekan, harbiylarga «ikkita strategik vazifani: birinçidan, uruşni töxtatiş, ikkinçidan, uruşda taşabbusni öz qöliga oliş»ga tayyor turişni aytdi. Şimoliy Koreya rahbarining sözlariga köra, bunday bölinmalar «turli vaziyatlarda haqiqiy uruş uçun turli simulyatsiya maşqlarini doimiy ravişda kuçaytirişi» kerak. 

Koreya yarimorolidagi vaziyat sönggi bir neça hafta içida yana keskinlaşdi. Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirining xalqaro taşkilotlar masalalari böyiça örinbosari Kim Sung Kyun 5 mart kuni BMTni AQŞ va Janubiy Koreya qöşma harbiy maşğulotlarini zudlik bilan töxtatişni talab qilişga çaqirdi va bu maşğulotlar «mas’uliyatsiz keskinlik» ekanini aytdi. 

3 mart kuni bölib ötgan qöşma matbuot anjumanida Janubiy Koreya va Amerika harbiylari vakillari 13-23 mart kunlari sönggi beş yildagi eng yirik «Ozodlik qalqoni» maşğulotlarini ötkazişlarini ma’lum qilişdi.