Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiyaning Ukrainaga raketa zarbalari örtasidagi vaqt böyiça tanaffus raketalar yöqligi sababli uzaygan. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter’da e’lon qilgan kunlik xulosaga köra, Rossiya 9 mart kuni Ukrainaning muhim infratuzilmasiga kamida 80 ta uzoq masofali raketa zarbalarini bergan. 

Razvedka ma’lumotlariga köra, hujum qanotli raketalar, «yer-yer» sinfidagi raketalar, Eronning kamikadze dronlari va havodan uçiriladigan juda köp sonli gipertovuşli ballistik raketalarni öz içiga olgan. 

Bu 16 fevraldan beri Rossiya raketa zarbalarining birinçi yirik tölqini böldi va ehtimol ötgan yilning dekabridan beri eng yirik hujumlardan biriga aylandi, deyiladi hisobotda. 

«Zarbalar tölqinlari orasidagi interval ortib borişi mumkin, çunki Rossiya Ukraina havo mudofaasini işonçli tarzda yengib ötiş uçun yetarliça kuçli zarba berişdan oldin yangi, töğridan töğri sanoatda işlab çiqarilgan raketalarning muhim massasini yaratişi kerak», deb yozadi britaniyalik harbiylar.