AQŞ Vakillar palatasidagi demokratlar va respublikaçilar koronavirusning kelib çiqişi haqidagi razvedka ma’lumotlarining oşkor qilinişini bir ovozdan yoqladi. Qonun loyihasi ma’qullaş uçun prezident Jo Baydenga yuborildi. 

AP xabariga köra, munozara qisqa va mazmunli bölgan: amerikaliklar halokatli virus qanday paydo bölgani va kelajakda pandemiyaning oldini oliş uçun nima qiliş kerakligini bilişi şart. 

3 yil oldin boşlangan pandemiya oqibatida 1 milliondan ortiq amerikalik hayotdan köz yumgan edi. 

Vakillar palatasi a’zosi Maykl Tyorner sözlariga köra, AQŞ jamoatçiligi COVID-19 pandemiyasi haqida barça narsani, jumladan, virus qanday paydo bölgani, u sun’iy yaratilgani yoki yöqligi, tabiiy paydo bölgani yoki laboratoriyadan sizib çiqqani haqidagi ma’lumotlarni bilişga loyiq. 

Maxfiylikning bekor qilinişi Xitoyning Uhan virusologiya instituti bilan boğliq razvedka ma’lumotlariga qaratilgan. 

AQŞ razvedka xizmatlari virusning kelib çiqişi haqida yakdil emas. Uning tabiiy yoki laboratoriyadan sizib çiqqani haqidagi fikrlar turliça. 

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, koronavirus pandemiyasining kelib çiqiş sababi yillar davomida noaniq qolişi mumkin.