Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning topşiriği bilan Yaşnobod tumanidagi 152-maktabda pedagog va 8-sinf bolasi örtasidagi janjalli voqea hamda muassasadagi ta’lim va tarbiya jarayonlari örganiladigan böldi.

“Ayni damda öqituvçining maktabdagi nosoğlom muhit böyiça ijtimoiy tarmoq faollariga murojaati keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Şu örinda jamoatçilik vakillaridan har ikki tomonni örgangandan söng xolis axborot tarqatişlarini söraymiz, şuningdek ular ham vazirlik işçi guruhi bilan birgalikda örganiş jarayonlarida iştirok etişlari mumkin. 

Şu örinda öqituvçilardan ham öquvçilar bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganda, pedagogga xos bölgan ta’sir çoralarini qöllaşi lozimligini, har qanday holatda özini qölga olib, bolaning ota-onasi bilan birgalikda muammoga yeçim topişi zarurligini yana bir bor eslatib ötamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Şuningdek, vazirlikka köra, maktabda öqituvçi va öquvçi örtasida yuzaga kelgan nizoli holat böyiça öquvçining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Sud qarori bilan öquvçining onasi va maktab öqituvçisiga nisbatan ma’muriy çoralar qöllangan.

Eslatib ötamiz, 152-maktabda işlab kelgan va şu holatdan keyin işdan böşatilgan öqituvçi Gulçehra Mamajonova tarqatilgan videodagi ayrim holatlar kesib taşlangani, provokatsion qismlari qoldirilib, ataylab tarqatib yuborilgani haqida yozgandi. Şuningdek, u yozgan postida özi işlagan ta’lim muassasasida nosoğlom muhit borligini qayd etib ötgan.