Yaşnobod tumanidagi maktab öqituvçisi jarimaga tortildi. U öquvçiga nima sabab qöl kötarganini oçiqlab, yuzaga kelgan vaziyat böyiça munosabat bildirdi. Ayolning aytişiça, videodagi ayrim holatlar kesib taşlanib, ataylab tarqatib yuborilgan. «Hattoki öquvçining onasini çaqirib, «bolamning özida ayb ekan, ustozni yomon sökibdi, kitob-daftari xam yöq ekan», deyişiga qaramasdan, majburlab ariza yozdirişdi», – deya yozgan işdan böşatilgan öqituvçi.
Voqea nimadan boşlandi?
«Milliy» telekanalining «Millar» dasturida Yaşnobod tumanidagi 152-maktab sinf xonalaridan birining videokamerasida yozib olingan holat yuzasidan reportaj e’lon qilindi. Videoda ayol öqituvçining öquvçini kaltaklab, sinfdan çiqarib yuborgani aks etgan.
Dastur xodimiga köra bu holat 2 mart kuni 8-sinf öquvçisi bilan sodir bölgan, keyinroq videoyozuv şaxsi sir saqlanişini istagan bir ona tomonidan telekanalga yuborilgan.
«Bu voqea 5-soat biologiya darsida sodir böldi. Öqituvçi dars boşlamoqçi bölgan, dars boşlangan vaqtda esa u öquvçimiz telefonini olib, yonidagi bolalarni suratga olişni boşlagan. Öqituvçi ogohlantirib, telefonini olib qöyişni, jim ötirişni aytganida ham öquvçi davom etavergan.
Keyin öqituvçi borib, bolaning telefonini olib qöygan. Öqituvçi dars ötaman deganida yana töpolon qilgan. Pedagogimiz bolaga daftar-kitobini olişini aytganida, heç narsasiz kelganini aytgan. Söng öqituvçining jahli çiqib, qöl kötarib yuborgan. Çunki bola öqituvçini yomon sözlar bilan haqorat qila ketgan. Keyin darsdan çiqib ketgan u bola», – deya ta’kidlagan dasturda intervyu bergan maktab xodimi.
Körsatuvda suriştiruv işlari sabab öqituvçi va öquvçidan intervyu olinmagani qayd etilgan.
Öqituvçi jarimaga tortildi
Qayd etilişiça, şundan söng mazkur holat jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida körib çiqilgan va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasiga köra pedagog ayol mayda bezorilik sodir etgan deb topilib, BHMning 3 baravari (900 ming söm) miqdorida jarimaga tortilgan.

















