2023 yil 29 yanvar kuni tunda Nukus şahridagi köp qavatli uylardan birida gaz portlagan va uning bir qismi vayron bölgandi. Qutqaruv işlari davomida vayronalar ostida 4 kişining jasadi va 5 yoşli qizça jarohatlangan holda topilgandi.
Gazeta.uzʼning xabar berişiça, 2023 yil 8 mart kuni 5 yoşli Elvira Tirnakova ham şifoxonada vafot etgan.
Ma’lum bölişiça, E.Tirnakova 30 yanvar kuni vayronalar ostidan olib çiqilib, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpoğiston filialiga yotqizilgan. 8 mart kuni unda biologik ölim holati qayd etilgan. Bunga ötkir yurak va nafas yetişmovçiligi sabab bölgan.

Marhuma qizçaning tibbiyot varaqasida yopiq miya şikastlanişi, miya çayqalişi, burun, yuqori labda kökarişlar, ikkala oyoqning pastki qismi şikastlanişi yozilgan. Bundan taşqari, davolaş davomida qizçada anuriya bosqiçida ötkir buyrak yetişmovçiligi, oğir endogen intoksikatsiyasi, sepsis, toksik miokard, toksik gepatit, organlarning yetişmovçiligi kuzatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra Nukusda uy vayronalari ostida qolib halok bölganlarning tört nafari bir oila a’zolari, keksa yoşdagi ayol, uning kelini va ikki nafar nabirasi bölgan.
Eslatib ötamiz, 29 yanvar kuni soat 16:15 atrofida Nukus şahri «Temir jol» MFYda joylaşgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgandi. 30 yanvar kuni FVV vayronalar tagidan 5 yoşli Tirnakova Elvira qutqarib olinganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq uşbu oilada yana ikki kişi — qizçaning onasi va 100 kunlik çaqaloq ham portlaş oqibatida vafot etgan.

















