Bugun, 11 mart kuni soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida vazirlikning navbatdan taşqari hay’at yiğilişi bölib ötdi. Tanqidiy ruhda keçgan majlisda tizimdagi qator yönalişlar böyiça amalga oşirilgan işlar, yöl qöyilgan xato va kamçiliklar çuqur tahlil etildi.

«Ta’kidlanganidek, yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlaş, tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş, bu orqali fuqarolarning tibbiyot tizimidan roziligini ta’minlaşga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Biroq şunga qaramay, tizimda yeçimini kutayotgan masalalar, hal qilinişi lozim bölgan muammolar yöq emas.

Xususan, sohada byurokratik tösiqlar, afsuski, hali ham uçrab turibdi. Ayniqsa, aholini sifatli dori-darmon vositalari, tibbiy buyum va jihozlar bilan ta’minlaş, tizimda ijro intizomini nazorat qiliş borasida qator muammolar mavjud.

Şuningdek, soğliqni saqlaş yönalişida xalqaro investitsiyalar jalb qilinişini muvofiqlaştiriş, bolalar tibbiyotida ilğor davolaş usullarini amaliyotga tatbiq etiş böyiça işlar ham yetarli darajada taşkil qilinmayapti.

Bu esa soğliqni saqlaş sohasi boşqaruv tizimida hanuz zamon talablariga mos, yangiça fikrlovçi, taşabbuskor, muammoli masalalar yeçimiga professional va kreativ yondaşadigan kadrlar yetişmasligini körsatmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Şundan kelib çiqib, berilgan topşiriq va vazifalar hamda qöyilgan talablarni öz vaqtida bajarmagani sababli «O‘zmedimpeks» MÇJ direktori A.Nabiyev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi A.Şaripov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. 

Şuningdek, öz yönalişida yetarli natija körsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga soliş va muruvvat yordamini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği X.Ğaniyeva hamda yana bir qator mas’ullar ham işdan olingani ma’lum qilindi.

Yiğilişda vazir A.Inoyatov tibbiyot tizimidagi har bir rahbar öz vazifasiga vijdonan yondaşişi kerakligini alohida ta’kidlab, bugungi kun talabidan kelib çiqqan holda soha oldida turgan dolzarb masalalarga töxtalib ötdi.

Şuningdek, soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Investitsiya va grant loyihalarini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov öz lavozimidan ozod etildi.