Husayn Ibrohim Tohaning aytişiça, sönggi 5 yilda Yangi Özbekiston musulmon davlatlari bilan aloqalarni sezilarli darajada oşirgan. Toşkentning yangi siyosati siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantiriş va kengaytirişga, hamda Markaziy Osiyo barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlaş masalalariga ijobiy ta’sir körsatmoqda. Özbekiston qisqa vaqt içida mintaqadagi qöşnilari bilan özaro tuşuniş va şeriklik muhitini yaratişga muvaffaq böldi. Bu Özbekistonning islom olamidagi roli hamda ta’sirini keskin oşirdi.
IHT boş kotibi Husayn Ibrohim Toha Özbekiston afğon masalasida muhim rol öynaşini va Afğonistonga köp tomonlama gumanitar hamda iqtisodiy yordam körsatiş böyiça turli loyihalarni ilgari suriş taşabbusi bilan çiqayotganini alohida ta’kidladi. IHTning Afğoniston böyiça maxsus vakili Özbekiston bilan bu davlat böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş va qöşma çoralar köriş tarafdori.
Boş kotibga respublikada konstitutsiyaviy islohotlar böyiça referendum ötkazilişi haqida ma’lumot berildi. Husayn Ibrohim Toha uşbu muhim siyosiy tadbirda IHT kuzatuvçilari iştirok etişini tasdiqladi.
Uning aytişiça, tarixiy Samarqand şahrini köriş uçun Ramazon oyidan söng Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.












