Telegram quvvat tejaydigan yangilanişni çiqardi. Uşbu rejim smartfonda köp energiya sarflaydigan animatsiya va vizual effektlarni öçiriş va batareya quvvatini kamaytiriş imkonini beradi.

Yangi rejimni şunday sozlaş mumkinki, u zaryad darajasi belgilangan qiymatga tuşganda avtomatik ravişda yoqiladi.

Bundan taşqari, messenjerda boşqa ba’zi funksiyalar kengaytirildi. Masalan, endi foydalanuvçi videoni özi belgilagan tezlikda köra oladi (0,2x dan 2,5x gaça bölgan variantlar bor). Tezlikni sozlaş uçun siz Play tugmasini bosib turişingiz va slayder yordamida qiymatni tanlaşingiz kerak.

Xabarlarni yuborişda yangi variantlar paydo böldi. Endi guruh çatlarida xabar jönatuvçilar har bir foydalanuvçi tomonidan xabar öqilgan vaqtni bilib olişi mumkin.

Çatga taklif qiliş va çiqiş uçun yaxşilangan maxfiylik opsiyalari joriy etildi. Agar foydalanuvçi sozlamalarda özini guruhlarga qöşişni taqiqlagan bölsa, u holda Telegram avtomatik ravişda unga qöşiliş havolasi bilan xabar yuborişni taklif qiladi. Bundan taşqari, taklifnomani oldindan köriş imkoniyati bor.

Stikerlarni avtomatik tartiblaş funksiyasini endi öçirib qöyiş mumkin, şunda töplamlar tartibi özgarmaydi. Şuningdek, Telegram Premium foydalanuvçilari uçun önta yangi animatsion emoji töplami qöşildi.