Litva Seymi bir ovozdan «Vagner» XHKni terrorçilik taşkiloti deb tan olişga ovoz berdi. 

Parlament tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada yollanma askarlar Ukrainadagi «tizimli oğir bosqin jinoyatlari»da ayblanadi. 

«Rossiyalik harbiy xizmatçilar va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari jangovar harakatlarda tajovuzkor tarafda faol iştirok etib, tizimli, oğir bosqinçilik jinoyatlarini – Ukraina tinç aholisini öldiriş va qiynoqqa soliş, turar joy binolari va boşqa fuqarolik obektlarini bombardimon qilişda iştirok etyapti. Bu terrorizmga tenglaştiriladi», — deyiladi rezolyutsiyada.

Qarorda, şuningdek, «Vagner» yollanma askarlari Rossiya hukumatidan harbiy texnika va qurol-yaroğ olişlari, Rossiya Mudofaa vazirligi tuzilmalarida tayyorgarlikdan ötgani hamda davlat va jamoat xavfsizligiga tahdid solayotgani qayd etilgan. 

Deputatlar boşqa davlatlar parlamentlarini ham XHKni terrorçi taşkilot deb e’lon qilişga çaqirdi.