«Özbekneftgaz» AI-92 benzinga bahorgi çegirma e’lon qildi, bu narx çeklangan vaqtgaça saqlanib qoladi.
«Kelayotgan bayram arafasida biz «UNG Petro» yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğida AI-92 benziniga qulay bahor çegirmalarini taklif qilişdan mamnunmiz! Endi siz avtomobilingizga har litriga atigi 7500 sömlik qulay narxda yonilği quyişingiz va biz bilan ajoyib mavsumdan bahramand bölişingiz mumkin», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, «Özbekneftgaz»ga qaraşli benzin quyiş şoxobçalari tarmoği hisoblangan UNG Petröda AI-92 benzini uçun eski narx 9200 söm atrofida edi.
- Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyida gaz «zapravka»lar faoliyatiga çeklov qöyiliş ortidan benzinga talab keskin oşib ketgandi. Şundan söng 2022 yil 10 dekabrdan AI-80 avtobenzini uçun aksiz soliği «nol» stavkada qöllanişi va birjada narxlar ösiş darajasi çeklanişi belgilangandi. Natijada şoxobçalarda AI-80 narxi bir litri uçun örtaça 6800–7500 sömdan 5700–6000 sömgaça (örtaça 1100 sömga) arzonlaşgandi.
- 2023 yil 27 fevral kuni «Özbekneftgaz» AI-80 benzinini import va realizatsiya qilişdagi aksiz soliği böyiça vaqtinçalik nol stavka muddati 1 mart kuni tugaşi, şu kundan e’tiboran çakana narx 6800-7000 sömga aylanişi haqida ma’lum qilgandi.
- 1 martdan esa AI-80 benziniga aksiz soliğini «nol» stavkada qöllaş muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgani ma’lum qilindi.












