“Samosud”ga yeçim, tuhmatga qarşi çora va “çekinayotgan” qiynoq – yangi konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasi
|18:45 / 14.03.202314 8269 min
Xalqimizda tuhmat baloga tenglaştiriladi: öt, suv va tuhmat balosidan özi asrasin, deymiz. Asossiz ayblanib, yana kamiga jazoga tortilişdan ortiq adolatsizlik bölmasa kerak. Yaqin va uzoq ötmişimizda quruq tuhmat va böhtonlar bilan ayblanib, jazoga hukm qilinganlar oz emas. Bunday holatlarning oldini oliş uçun aybsizlik prezumpsiyasi konstitutsiya bilan mustahkamlanmoqda.
Foto: Farhod PRIMOVFoto: Farhod PRIMOV
Oxirgi olti yilda jinoyat işida şaxsning aybi töla isbotlanmasdan turib, unga jazo tayinlaş amaliyotiga çek qöyiş, aybsizlik prezumpsiyasini qat’iy ta’minlaş borasida qator işlar amalga oşirildi. 2016-2022 yillarda 421 468 nafar şaxsga nisbatan 324 463 ta jinoyat işi körib çiqilgan. Şundan 4740 nafar şaxs oqlangan. Bu yillarda çiqarilgan oqlov hukmlari oldingi davr bilan soliştirganda 43 barobarga köpaygan.
Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat protsessida şaxs huquqlarini himoya qilişning eng muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Uşbu huquq şaxsni adolatli sud qarorisiz ayblaşdan himoya qiladi hamda uni özining aybsizligini isbotlab beriş majburiyatidan xalos etadi.
BMTning Inson huquqlari böyiça qömitasi tomonidan aybsizlik prezumpsiyasi çekinib bölmaydigan va çeklab bölmaydigan mutlaq huquq sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda aybsizlik prezumpsiyasi inson huquqlariga oid eng muhim standartlardan biri sifatida quyidagi tarkibiy elementlardan taşkil topgan:
– aybni isbotlaş majburiyati ayblov tarafning zimmasiga yuklanadi;
– ayb asoslangan şubhalar bölmagan holda isbotlanmagunça, aybdorlikka doir şubha qilib bölmasligini kafolatlaydi;
– şubhalar doimo ayblanuvçi foydasiga hal qilinişi kafolatlanadi va jinoyat sodir etganlikda ayblanuvçiga nisbatan uşbu tamoyilga muvofiq munosabatda böliş talab etiladi.
Milliy qonunçiligimizda aybsizlik prezumpsiyasining xalqaro huquqda belgilangan barça jihatlari özining ifodasini topgan. Amaldagi Konstitutsiyaning 26-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmasligi belgilangan. Şuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 23, 84, “Sudlar töğrisida”gi qonunning 16-moddasida, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning
6-moddasida aybsizlik prezumpsiyasi qoidalari belgilangan. Aybsizlik prezumpsiyasining huquqiy asoslari turli qonunçilik hujjatlarida belgilanişi huquqni qöllaşda yagona yondaşuvlarning şakllanişiga özining salbiy ta’sirini körsatmoqda. Ayrim holatlarda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilişdan çekiniş holatlariga yöl qöyilyapti. Qolaversa, aybsizlik prezumpsiyasi şaxsning eng muhim huquqlaridan biri hisoblanganligi sababli uni asosiy qonunda tölaligiça ifodalaş maqsadga muvofiq.
Yangilanayotgan konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasining barça jihatlari töliq öz ifodasini topmoqda.
Mavzuga oid
Birinçidan,şaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oşkora sud muhokamasi yöli bilan isbotlanmagunça va sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan belgilanmagunça aybsiz deb hisoblanişi belgilanmoqda.
Şaxsni aybdor deb topişga faqat sud vakolatli ekani aybsizlik prezumpsiyasining oltin qoidalaridan biri hisoblanadi. Suddan boşqa organlar har qanday holatda ham şaxsni aybdor deb topişga haqli emas. Sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi mavjud bölgandagina şaxsni aybdor deb hisoblaş mumkinligining belgilanişi şaxsni huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan özboşimçalik bilan ayblaş va javobgarlikka tortişdan himoya qiladi. Qolversa, uşbu qoida söngi yillarda fuqarolar örtasida keng uçrayotgan “samosud” holatlariga çek qöyişga ham xizmati qiladi;
Ikkinçidan, ayblanuvçi özini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlar bilan ta’minlanadi. Ayblanuvçi har doim himoyalaniş imkoniyatga ega bölişi lozim. Ayblanuvçiga himoyaçiga ega böliş hamda uçraşuvlarning soni va davom etiş vaqti çeklanmagan holda u bilan xoli uçraşiş imkoniyati kafolatlanadi.
Ayblov bilan boğliq protsessual jarayon öziga xos murakkabliklarga ega bölib, bunda gumon qilinuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçilar albatta malakali yuridik yordamga ehtiyoj sezadi. Himoyaçining işda iştirok etişiga jinoyat protsessining har qanday bosqiçida, şaxs uşlanganida esa uning harakatlaniş erkinligiga bölgan huquqi amalda çeklangan paytdan boşlab ruxsat etiladi.
Belgilangan hollarda advokatlar tomonidan körsatilgan yuridik yordam uçun davlat hisobidan qoplanadi.
Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçi va mahkumning himoya huquqi jinoyat-sudlov işlarini yuritişda asos qilib olinuvçi prinsiplardan biri sifatida iş böyiça qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilinişini kafolatlaydi.
Jinoyat işini yuritişga mas’ul barça davlat organlari va mansabdor şaxslar (suriştiruvçi, tergovçi, prokuror, sudya) gumon qilinuvçiga, ayblanuvçiga uning huquqlarini tuşuntirişlari va öziga tegişli himoya huquqidan amalda foydalanişi uçun real şaroit yaratib berişlari şart.
Uçinçidan, aybdorlikka oid barça şubhalar, agar ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tugagan bölsa, gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining yoki mahkumning foydasiga hal qilinişi nazarda tutilmoqda.
Şaxsning aybiga oid aniqlanişi lozim bölgan, ammo tergov yöli bilan isbotlaşning imkoni bölmagan har qanday holat gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining yoki mahkumning foydasi va manfaatlaridan kelib çiqib hal etiladi.
Ba’zan şaxsning aybiga oid gumon va tusmollarga aniqlik kiritişning qonuniy imkoni bölmay qoladi. Ana şunday gumon va tusmollar gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining yoki mahkumning manfaatlari va foydasidan kelib çiqib talqin qilinadi.
Törtinçidan, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlab berişi şart emas va istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkin. Afsuski, ba’zi holatlarda gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçidan özining aybsizligi töğrisida alibi va boşqa dalillar talab etiladi.
Şaxs özining aybsizligini isbotlab berişga majbur emasligi töğrisidagi qoida xalqaro hujjatlarda ham özining ifodasini topgan. Isbot qiliş suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sud tomonidan amalga oşirilişi kerak. Şaxsni ham javobgarlikka tortib, ham undan öz aybsizligini isbotlab berişni talab qilişga yöl qöyilmaydi.
Beşinçidan, heç kim öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majbur emas. Sud va tergovda şaxsni öziga va oila a’zolariga qarşi guvohlik berişga majbur qiliş uning manfaatlariga aslo töğri kelmaydi. Qolaversa, milliy mentalitetimizda oila a’zolari va qarindoşlar örtasidagi özaro hurmat muhim qadriyat sifatida tuşuniladi. Otaning öz farzandiga, farzandning otasiga, aka-uka va opa-singillar bir biriga qarşi guvohlik berişi oilaviy qadriyatlarimizga ham mos emas. Şu sababli şaxsning öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majbur emasligi töğrisidagi norma aybsizlik prezumpsiyasini milliy mentaletimiz asosida yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.
Oltinçidan, agar şaxsning öz aybini tan olganligi unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emasligi belgilanmoqda. Bu sud va tergovda şaxs manfaatlarini himoya qiliş böyiça yangi kafolatlar taqdim etadi.
Gap şundaki, şaxsning aybiga oid dalillar yetarli bölmaganda uning öz aybiga iqror bölganligi töğrisidagi yagona dalil bilan çeklaniş holatlari ham mavjud. Birgina öz aybiga iqror bölganligi bilan şaxsni javobgarlikka tortiş va jazoga hukm qiliş adolat va mantiq mezonlariga töğri kelmaydi. Endilikda şaxsni ayblaş uçun dalillar yetarli bölmaganda aybiga iqrorlik oliş uçun qörqitiş, unga tahdid qiliş va bosim ötkaziş yoki qiynoq qöllaş holatlariga yöl qöyilmaydi.
Sakkizinçidan, şaxsning sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaş uçun asos bölişi mumkin emas. Bir insonning sudlanganligi uçun uning yaqinlari jabr tortişi köp yillardan beri oddiy odamlarni qiynab kelayotgan edi. Işga kirmoqçi bölsa “akang sudlangan”, lavozimda kötarilmoqçi bölsa “otang sudlangan” deb aybsiz aybdorga çiqarişardi.
Şaxsning yaqin qarindoşlaridan biri qaçonlardir sudlangan bölsa uning aybi nima? Deylik u tuğilişidan oldin otasi sudlangan bölsa, “Sen tuğilişingdan ön yil burun otang sudlangan” deb işga qabul qilmaslik qonunga ham, insoniylikka ham, adolatga ham umuman töğri kelmaydi.
Konstitutsiyaga şaxsning sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaş uçun asos bölmasligi töğrisidagi normaning kiritilişi köp yillardan beri insonlarni qiynab kelayotgan aybsiz aybdor bölib qoliş muammosiga yeçim böladi.
Aybsizlik prezumpsiyasining konstitutsiya bilan mustahkamlanişi sudlanayotgan fuqarolarning umuminsoniy huquqlarga rioya etilişi va tergov jarayonlaridagi muhim insonparvar qoidalar joriy qilinişini kafolatlaydi.