11 mart tunida Toşkent şahar Yangihayot tumani Marğib köçasidagi ikki tup çinor noma’lum şaxslar tomonidan yoqib ketilgan. Bu haqda ekologik yangiliklarni yoritib boruvçi Ekolog.uz Telegram-kanali xabar berdi.

“Kuzatuvçilarimizning xabar berişiça, keça keçqurun Toşkent şahar Yangihayot tumani Marğib köçasidagi bir neçta Çinor daraxti qasddan yoqib ketilgan.

Aytişlariça, uşbu hududda quriliş rejalaştirilmoqda. Daraxtlar şu sababli ham yöq qilinayotgan bölişi mumkin. Tegişli taşkilotlardan zudlik bilan holatni örganib, rasmiy munosabat bildirişini söraymiz”, – deyiladi xabarda.

Xabarga ilova qilingan suratlarda 2 tup çinor daraxti yonğin natijasida qayta tiklanmaydigan holatga kelganini köriş mumkin.

Kun.uz muxbiri boğlangan Yangihayot tumani hokimining matbuot kotibi Nigina Hakimovaga köra, holat böyiça ayni paytda tuman içki işlar, favqulodda vaziyatlar va ekologiya bölimlari iştirokida tuzilgan işçi guruh örganiş olib bormoqda.

Foto: Ekolog.uz 

“Bunda hozirga qadar 1 ta çinor daraxti ösişdan töxtamaydigan darajada zararlangani, ikkinçi çinor daraxtining esa içki qismi töliq yonib ketgani va ösiş ehtimoli yöqligi aniqlandi. Şu bois, aholi xavfsizligini inobatga olgan holda, daraxt tegişli taşkilot mas’ullari tomonidan bartaraf etilişi közda tutilgan.

Hozirda hudud atrofidagi kameralar örganilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda”, – dedi hokimlik vakili.

Hakimovaning qöşimça qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning hududda quriliş işlari amalga oşirilişi sababli yoqilgani böyiça tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi.

“Hududdan “Qorayöl-1” kollektori ötgan bölib, mazkur muhofaza hududda quriliş işlarini amalga oşiriş taqiqlanadi”, – dedi Nigina Hakimova.