Hakamada 55 yildan beri jazoning ijro etilişini kutmoqda. Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkiloti ma’lumotlariga köra, u dunyoda eng uzoq vaqt davomida ölim jazosi ijrosini kutayotgan mahkum hisoblanadi. 

Hakamada öz xöjayini, xotini va ikki farzandini öldirganlik va mulkini talon-toroj qilganlikda ayblanib, hibsga olingan. Ular 1966 yilda Tokio yaqinidagi fabrikada sodir bölgan yonğindan keyin piçoqlangan holda topilgan. 

20 kunlik söroqdan söng, professional boks bilan şuğullangan Hakamada qotillikni tan olgan. 

Biroq sud jarayonida Hakamada tergovçilar uni kaltaklagani va qiynoqlar ostida aybiga iqror bölganini aytadi. Gumonlanuvçining advokatlari, şuningdek, tergovçilar dalillarni uyuştirganligini da’vo qilmoqda. 

Takroran ötkaziladigan sudda Hakamada DNKsi marhumlarning kiyimidagi qon doğlari bilan mos kelişi masalasi ham körib çiqiladi. 

2014 yilda Yaponiya hududiy sudi Hakamadani hibsdan ozod qildi va işni qayta körib çiqişni buyurdi: sudyalar uning aybiga oid dalillar uydirma bölişi mumkin, degan qarorga kelgan edi. 

«Men bu kunni 57 yildan beri kutgan edim, endi yetişdim», dedi Hakamadaning 90 yoşli opasi Hideko. U köp yillar davomida akasining hukmini qayta körib çiqilişiga uringan. «Nihoyat, bu yuk yelkamdan olib taşlandi». 

Ölim jazosini qöllaşga qarşi pozitsiyani egallagan Amnesty International taşkiloti Hakamada işi böyiça yangi sud jarayoni ötkaziş qarorini «adolatni tiklaş uçun juda keçikkan imkoniyat» deb atadi. 

"Hakamadaning hukmi tovlamaçilik" iqroriga asoslangan va unga qarşi işlatilgan boşqa dalillarga nisbatan jiddiy şubhalar mavjud", dedi Xalqaro Amnistiya taşkiloti Yaponiya rahbari Xideaki Nakagava bayonotida. 

Biroq amaldagi qoidalarga köra, Xakamada işi körib çiqilişi uçun bir neça yil kerak bölişi mumkin va yapon huquqşunoslari allaqaçon sud tizimini bu tartibni qisqartirişga çaqirişgan. 

“Biz hozir 87 yoşda bölgan va 47 yillik qamoqdan söng jismoniy va ruhiy kasallikdan aziyat çekayotgan Xakamadaning huquqlarini tiklaşda keyingi keçikişlarga doş berolmaymiz”, dedi Yaponiya advokatlar assotsiatsiyasi rahbari Motoji Kobayaşi. 

Dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari orasida ölim jazosi faqat Yaponiya va AQŞda bekor qilinmagan. Huquq himoyaçilari bir neça bor Yaponiya sud tizimini tanqid qilişgan, bunda iqrorlik aybni aniqlaşda katta rol öynaydi.