15 mart kuni U-20 Osiyo kubogida ikkinçi yarim final uçraşuvida mezbon Özbekiston Janubiy Koreyaga qarşi maydonga çiqdi. Öyinning asosiy vaqtida ğolib aniqlanmadi, qöşimça bölimlarda ham darvozalar daxlsiz qoldi.
Şundan söng barça masala penaltilar seriyasida hal qilindi. Unda Özbekiston jamoasi darvozaboni Otabek Boymurodov özini körsatdi va raqibning uç zarbasini qaytarib, jamoasining 3:1 (özbekistonliklar törtinçi penaltini tepişiga hojat qolmadi) hisobdagi ğalabasini ta’minladi.
Endi 18 mart kuni bölib ötadigan final uçraşuvida Özbekiston Iroq vakillariga qarşi öynaydi.
Just like that, a star is born! 🧤
— #AFCU20 (@afcasiancup) March 15, 2023
When the 🇺🇿 country needs a hero, Otabek Boymurodov rises to the occasion!#AFCU20 | #UZBvKOR pic.twitter.com/JPnPa2TKgT
Ma’lumot uçun, Özbekiston va Iroq jamoalari guruh bosqiçida ham özaro töqnaş kelgan, unda Özbekiston 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Guruh bosqiçidan ikkinçi örin bilan çiqqan iroqliklar çorakfinalda Eronni öyinga qöşib berilgan daqiqalarda urilgan gol evaziga mağlub etgan (1:0), yarimfinalda esa Yaponiyadan penaltilar seriyasida ustun kelgandi - 2:2 (5:3).
Özbekiston esa guruh bosqiçida 7 oçko bilan birinçi örinni egallagan, çorakfinalda Avstraliyani penaltilar seriyasida mağlub etib, yarimfinal va 2023 yilgi jahon çempionati yöllanmasini hal qilgandi.
U-20 Osiyo Kubogi—2023
Yarim final, 15 mart, çorşanba
Özbekiston U-20 — Janubiy Koreya U-20 0:0
Penaltilar seriyasi — 3:1
Özbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir Örozov, 7.Pölatxöja Xoldorxonov (23.Asad Jöraboyev, 21; 22.Şerzod Esanov, 67), 8.Behruz Asqarov (11.Şahriyor Jabborov, 84), 10.Umarali Rahmonaliyev, 13.Zafarmurod Abdurahmatov, 14.Abbos Fayzullayev, 15.Diyor Ortiqboyev, 17.Nodir Abdurazzoqov (19.Şahzod Akromov, 67), 20.Mahmud Mahamajonov.

















