Özbekiston yoşlar jamoasi mamlakatimiz mezbonligida ötayotgan Osiyo kubogi U20 turnirida tarixni yangilaşi mumkin. Buning uçun Iroqni guruh bosqiçida mağlub etgan Ravşan Haydarov şogirdlari endi bu natijani finalda takrorlaşi lozim. Hal qiluvçi öyindagi ğalaba Özbekistonga öziga xos treblni qayd etiş imkonini beradi.

Finalga jamoalar qanday yetib keldi?

Ravşan Haydarov şogirdlari finalga qadar dastlab guruhda Suriya, Iroqni mağlub etib, Indoneziya bilan durang qayd etdi. Çorakfinalda esa Avstraliya penaltilar seriyasida mağlub etilib, JÇ-2023 yöllanmasi qölga kiritildi. Yarimfinalda ham penaltilar seriyasida Janubiy Koreyadan ustun kelgan vakillarimiz finalga yöllanma olişdi.

Iroq yoşlar jamoasi esa finalga qadar faqatgina Özbekistondan mağlubiyatga uçradi. Qolgan bahslarda Indoneziya mağlub etilgan bölsa, Suriya bilan durang qayd etildi. Çorakfinal va yarimfinalda esa Eron va Yaponiya turnirdan çiqarib yuborildi.

Qayd etiş joiz, Iroq yoşlar jamoasi öz tarixida Osiyo kubogi U20ning 5 karra ğolibi sanaladi.

Özbekiston U20 jamoasining turnirdagi natijalari:

1-tur. Özbekiston – Suriya – 2:0

2-tur. Özbekiston – Iroq – 1:0

3-tur. Özbekiston – Indoneziya – 0:0

1/4 final. Özbekiston – Avstraliya – 1:1 (penalti – 5:4)

1/2 final. Özbekiston – Janubiy Koreya – 0:0 (penalti – 3:1)

Iroq U20 jamoasining turnirdagi natijalari:

1-tur. Iroq – Indoneziya – 2:0

2-tur. Iroq – Özbekiston – 0:1

3-tur. Iroq – Suriya – 1:1

1/4 final. Iroq – Eron – 1:0

1/2 final. Iroq – Yaponiya – 2:2 (5:3)