Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Oliy sudining Rossiyaning yevrobondlar böyiça 3 milliard dollarlik qarzini öz mamlakati foydasiga undiriş böyiça qarorini olqişladi. Zelenskiy 15 mart, çorşanba kuni Moskvaning uşbu iş böyiça yengillaştirilgan sud majlisida qaror qabul qiliş talabini qondirişdan boş tortilganini «bosqinçi ustidan hal qiluvçi ğalaba» deb atadi.

Bir neça yil oldin, 2016 yil 17 fevralda Rossiya manfaatlarini himoya qilgan The Law Debenture Trust Corporation plc Angliya va Uels Oliy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi. U Ukrainadan yevroobligatsiyalar böyiça qarzlarni undirişni söragan.

2017 yil 29 martda sud uşbu da’voni tezlaştirilgan tartibda körib çiqişni ma’qullab, Kiyevning asosiy e’tirozlarini rad etdi va uning yevrobondlar böyiça majburiyatlari borligiga rozi böldi. Sud Ukrainaga Rossiyaga 3 milliard dollar miqdoridagi obligatsiyalarning nominal qiymatini, 75 million dollar miqdorida tölanmagan kupon tölovi miqdorini, şuningdek, keçiktirilgan har bir kun uçun penya foizlarini va iş yuritiş xarajatlarining bir qismini tölaş majburiyatini yukladi. 

Biroq sud Ukrainaga uşbu hukm ustidan şikoyat qiliş huquqini berdi. Öz navbatida, apellyatsiya sudi birinçi instansiya sudining işni töliq körib çiqiş haqida qaror çiqardi. 

Kiyevning ta’kidlaşiça, Viktor Yanukoviç prezidentligi davrida obligatsiyalar Rossiya harakatlari bosimi ostida çiqarilgan. 2013 yil dekabr oyida Ukraina Rossiyadan 3 milliard dollar miqdorida kredit olgan.