16 mart kuni Toşkent şahar hokimi örinbosari Şarof Rahmonov Xitoyning Green & Smart Energy (GSEO) taşkiloti boş kotibi Vu Jianbo bilan uçraşdi.
Poytaxt hokimligi xabariga köra, özaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama etildi.
Şuningdek, ikki tomon mutasaddilari Toşkent şahrida kam uglerodli va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, energiya tejaş va energiya samaradorligini oşiriş hamda yaşil rivojlanişni qöllab-quvvatlaş maqsadidagi özaro anglaşuv memorandumini imzolaşdi.

Avvalroq Özbekiston böylab 36 mingta aholi xonadonida quyoş panellari örnatilişi xabar berilgandi.
2023 yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kiçik quvvatli quyoş panellarini örnatişni rağbatlantiriş böyiça “Quyoşli xonadon” dasturi amalga oşiriladi. Uşbu Dastur asosida mamlakat hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy quvvati 182,1 MVt bölgan quyoş panellari örnatiladi.

















