2022 yilda dunyo böylab sotilgan har 10 avtomobil elektromobillar hisoblanadi. Avtosanoatda yetakçi bölgan rivojlangan mamlakatlar asosiy urğuni elektromobillar işlab çiqarişga qaratmoqda. Özbekiston avtosanoati ham yangi davr arafasida turibdi. 

“Özavtosanoat” dunyo tan olgan BYD kompaniyasining DM-I super gibrid modellari va elektromobillarining taqdimotini ötkazdi.

“Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umrzoqov respublikada elektromobil sanoatining rivojlanişi ilm-fanning rivojlanişi, innovatsion texnologiyalarni qöllagan holda sun’iy intellekt mukammallaşuvi ekanligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, BYD Uzbekistan Factory qöşma korxonasi birinçi bölib Özbekistonda oçildi. Haligaça dunyoning biror davlatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil işlab çiqaruvçi korxona oçilmagan. Xitoylik avtomobilsozlar Özbekistonda elektromobillar kelajagini yuqori baholamoqda. Respublikamizda BYD va UzAuto örtasidagi munosabatlarni çuqurlaştiriş orqali ilmiy-texnik va innovatsion yönalişlarni yanada rivojlantiriş közda tutilmoqda.

Marosimda BYD Uzbekistan Factory qöşma korxonasi boş direktori Şavkatbek Alimov Özbekiston avtobozoriga taqdim etilayotgan DM-I gibrid modellar va elektromobillar bilan taniştirdi.

Direktorning ta’kidlaşiça, 17 martdan boşlab DM-I gibrid modeldagi zamonaviy BYD Song Plus va Chazor, Flagman, töliq elektr bilan harakatlanuvçi, premium toifadagi BYD Han modellariga şartnomalar beriş boşlanadi. Ilğor tajribalar mahsuli bölgan aqlli datçiklar, sun’iy intellekt, yangi avlod axborot texnologiyalari, kreativ dizayn sanoatning yangi bosqiçining ifodasi hisoblanadi. 

“Xaridorlarimizga qulaylik yaratiş maqsadida töliq elektr bilan harakatlanuvçi elektromobillarga qöşimça ravişda uy şaroitida zaryadlovçi qurilmalarni ham bepul taqdim qilyapmiz. Gibrid avtomobillar uçun esa uyda zaryadlovçi qurilmalarni avtosalonlarimizda sotib oliş imkoniyati bor.

Bu elektromobillar uçun 17 martdan boşlab mijozlar avtosalonlarda va telegram bot orqali şartnoma olişlari mumkin. Avtomobilni boşqarişda haydovçi innovatsion yondaşuvning yuqori samarasini his etadi. Multimedia tizimida özbek tilida ma’lumot beriladi. Hozirda milliy telekom kompaniyalar bilan hamkorlikda sim-karta örnatiş ustida iş olib borilyapti. Tez kunda elektromobillarda sim karta joylaştirilgan boşqaruv panellari mavjud böladi”, - dedi Şavkatbek Alimov.