AQŞ Federal qidiruv boşqarmasi (FQB) va AQŞ Adliya vazirligi Xitoyning ByteDance kompaniyasi ustidan suriştiruv boşladi. Uşbu kompaniya özining TikTok ijtimoiy media ilovasi orqali amerikalik jurnalistlarga nisbatan josuslik qilgan bölişi mumkin. Bu haqda tergovdan xabardor Forbes yozdi. 

Adliya vazirligi va Virjiniyaning Şarqiy okrugi prokuraturasi ByteDance kompaniyasidan xodimlarining TikTok ilovasi orqali jurnalistlar va foydalanuvçilarning manzili va boşqa şaxsiy malumotlarini qölga kiritişga urinişlari haqida malumot söragan. 

Öz navbatida, FQB ham josuslik mavzusi bilan boğliq bir neçta söroq ötkazgan. Boşqarma bu xabarlarga izoh bermagan. 

Forbes 2022 yil oktyabr oyida ByteDance kompaniyasi ba’zi AQŞ fuqarolariga nisbatan josuslik qiliş uçun TikTok ilovasidan foydalanayotgani haqida xabar bergan edi. Dekabr oyida kompaniya tomonidan ötkazilgan içki tekşiruv ijtimoiy tarmoq xodimlari TikTok haqida yozayotgan jurnalistlarni kuzatiş uçun akkaunt ma’lumotlaridan foydalanganini tasdiqladi. 

Ma’lum bölişiça, kompaniyaning xatti-harakatlari Forbes naşrining kamida uç jurnalisti va The Financial Times muxbiriga ta’sir qilgan. ByteDance içki yozişmalariga köra, kompaniya öz xodimlari orasida ommaviy axborot vositalariga xabar sizib çiqişi haqidagi taxminlar manbalarini aniqlaşga harakat qilgan. 

ByteDance kompaniyasi josuslikka jalb qilingan va endi kompaniyada işlamaydigan xodimlarning harakatlarini «qat’iy qoralaganini» aytdi. «Bizning içki suriştiruvimiz hali ham davom etmoqda va biz har qanday rasmiy tergov bilan hamkorlik qilamiz», dedi ByteDance vakili Jyennifer Benks. 

AQŞ ByteDance kompaniyasini Xitoy rasmiylari bilan hamkorlik qilganlikda gumon etib keladi. AQŞ xorijiy investitsiyalar qömitasi TikTok ilovasini tekşirişni boşladi. Şu bilan birga, Xitoy kompaniyasi «Texas loyihasi» deb nomlangan bir qator çora-tadbirlarni taklif qildi. Boşqa narsalar qatorida, ByteDance amerikalik foydalanuvçilar ma’lumotlarini Qöşma Ştatlarning Oracle kompaniyasida saqlaşga rozi böldi. Uşbu kompaniya TikTok dasturini ham tekşirib köradi. 

Dekabr oyida AQŞ Senati hukumat xodimlariga federal hukumat qurilmalarida TikTok ilovasidan foydalanişni taqiqlovçi qonun loyihasini ma’qulladi. Xuddi şunday taqiqlar Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyada ham kiritilgan. 

Bloomberg ma’lumotlariga köra, TikTok rahbariyati AQŞ milliy xavfsizligi bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun ByteDance kompaniyasidan ajralib çiqiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Uşbu parametr «Texas loyihasi» muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda körib çiqiladi.