Korxona boşqarmasi va Uran işlab çiqariş zavodi işçi-xodimlari iştirokida taşkil etilgan bayramona tadbir jamoa ahliga bahoriy kayfiyat ulaşdi. Boşqarmada ayyomni munosib nişonlaş uçun katta tayyorgarlik körildi. Korxona hududida keng kölamdagi obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi.
Bayramga taşrif buyurgan korxona rahbari Jahongir Hasanov tadbir qatnaşçilarini bayram bilan tabrikladi.
“Farhod” madaniyat saroyining badiiy jamoalari va xonandalari tomonidan ijro etilgan bahor, yoşlik va Navrözni madh etuvçi kuy-qöşiq va raqslar hamda folklor guruhining çiqişlari barçaga birdek quvonç ulaşdi.
Bayram munosabati bilan boşqarma bölimlari va Uran işlab çiqariş zavodi işçi-xodimlari örtasida stol tennisi böyiça musobaqa ham taşkil etildi.

Zafarobodda katta bayram sayli
“Navoiyuran” davlat korxonasining asosiy bölinmasi joylaşgan Zafarobod qörğonida ham bayram nişonlandi. Korxona yangi tuzilma sifatida joriy yilda özining ikkinçi bahorini qarşi oldi. Ötgan yilgi an’anani davom ettirgan holda bu yil ham Navröz bayramini korxonaning köp ming sonli jamoasi, qolaversa, Zafarobod qörğoni ahli katta bayram sayli körinişida nişonlaşdi. Bayram sayillari korxonaning Navoiy, Zafarobod, Uçquduq, Nurobod maydonlari mehnat jamoasi tomonidan tayyorlandi.



Xususan, bayram saylida milliy hunarmandçilik va pazandaçilik pavilonlari, yarmarkalar, şuningdek, gala-konsert, dorbozlar öyini, milliy sport öyinlari taşkil etildi. Korxona bölinmalari örtasida turli xil tanlovlar ötkazildi. Tadbirga taniqli xonandalar, jamoat arboblari taklif etildi.

Bahor elçisi, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni özida mujassam etgan bayram oldidan “Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan katta tayyorgarlik işlari olib borildi.
Bayram dasturidan örin olgan muşoiralar, turli musobaqalar, körgazmali çiqişlar yiğilganlarga ham, tanlov hakamlar hay’atiga ham birdek manzur böldi.


























