Ekzit-poll natijalariga köra, Qozoğistonda bölib ötgan navbatdan taşqari parlament saylovlarida hukmron «Amanat» partiyasi (ilgari – sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning «Nur Otan» partiyasi) yetakçilik qilmoqda. 19 mart, yakşanba kuni keçqurun Yevrosiyo integratsiyasi instituti ma’lum qilişiça, u 53,46 foiz ovoz töplagan. Ekzit-poll natijalariga köra, ikkinçi örinni 10,52 foiz ovoz bilan «Auyl» vatanparvarlar partiyasi, uçinçi örinni 8,90 foiz ovoz olgan «Respublika» partiyasi egalladi, deb xabar berdi institut vakili Aygerim Yerginbolat respublika telekanali efirida.
Bundan taşqari, «Aq Jol» partiyasi (7,87 foiz ovoz), Qozoğiston Xalq partiyasi (6,25 foiz ovoz) va Umumxalq sotsial-demokratik partiyasi (USDP, 5,31 foiz ovoz) beş foizlik tösiqdan ötdi.
Öz navbatida, «Demokratiya instituti» tadqiqot birlaşmasi özining ekzit-poll ma’lumotlarini şunday ovoz taqsimoti bilan ma’lum qildi: «Amanat» – 53,33 foiz, «Auyl» – 11,26 foiz, «Aq Jol» – 8,87 foiz, «Respublika» - 8,33 foiz, «Qozoğiston Xalq partiyasi» - 6,93 foiz, USDP - 5,12 foiz.
Şu tariqa, parlamentga olti partiya kirişi kutilmoqda, hozirça parlamentda faqat uçta hukumatparast partiyalar vakillik qilgan. Saylovda ovoz beruvçilarning 54 foizdan ortiği iştirok etdi.
Qozoğistondagi saylovlarda muxolifatçilar qariyb 20 yil içida birinçi marta mustaqil nomzod sifatida qatnaşdi. Ularda mamlakatdagi rasmiy röyxatdan ötgan yettita siyosiy partiyaning barçasi iştirok etdi. Poygada şu paytgaça vakillik qilgan «Amanat», «Aq Jol» va Qozoğiston Xalq partiyasi (QXP) partiyalaridan taşqari «Auyl» va USDP, şuningdek, yaqinda röyxatdan ötgan «Baytak» va «Respublika» partiyalari ham iştirok etişdi.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 2022 yil boşida hukumatga qarşi ommaviy namoyişlar va tartibsizliklardan söng boşlagan modernizatsiya jarayonining bir qismi sifatida yanvar oyida navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkazilişini e’lon qildi.












