Saratov viloyatida yengil va yuk maşinasi töqnaşib ketdi, natijada tört nafar Özbekiston fuqarosi jabrlandi, bir kişi halok böldi, deb xabar qildi viloyat soğliqni saqlaş vaziri Oleg Kostin.
«20 mart kuni soat 1:46 (Toşkent vaqti bilan 2:46) da Fedorovskiy tumanida, A-298 Yerşov-Engels avtomagistralidagi Plyos qişloğiga burilişda yengil avtomobil yuk maşinasi bilan töqnaşib ketdi. Beş kişi jarohat oldi, ulardan biri halok böldi. Barçasi 20 yoşdan oşganlar», deb yozadi Kostin telegram-kanalida.
Uning aniqlik kiritişiça, 25 yoşli yigit halok bölgan, 20-30 yoşlardagi tört nafar Özbekiston fuqarosi jarohatlangan.
«Bir kişi boş miya oçiq jarohati, kökrak qafasi şikastlanişi, uçinçi darajali koma holatda, ahvoli öta oğir... Ikkinçisida boş miya yopiq jarohati, miya çayqalişi, bel umurtqasi jarohati, şok, ahvoli oğir... Uçinçisi boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, umurtqa poğonasining şikastlanişi, oğir ahvoli... Törtinçisi boş miya yopiq jarohati, miya çayqalişi, ahvoli örtaça oğirlikda», dedi u.
Uning sözlariga köra, tört nafar özbekistonlik Fedorovskiy tuman kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiyaga joylaştirilgan.

















