21 mart kuni soat 21:47 da Özbekiston va boşqa bir qator davlatlar hududida kuçli zilzila sodir böldi. Yerosti silkinişlari magnitudasi 6,5 dan 7,7 gaça bölgan. Yer silkinişi sezilgan barça mamlakatlarda odamlar şoşilinç ravişda uylarini tark etişdi.

Kuçli silkinişlar Pokiston, Hindiston va Markaziy Osiyoning boşqa qator davlatlarida ham sezilgan.

Zilzila Pokiston poytaxti Islomobod, şuningdek, Lahor, Ravalpindi, Kvetta, Peşovar va mamlakatning boşqa bir qança şaharlarida sezildi, deya xabar bermoqda «Anadolu».

Afğoniston bilan çegaradoş Svat mintaqasida ikki kişi halok bölgani, 150 dan ortiq kişi jarohat olgani xabar qilingan. Töliq va qisman vayron bölgan binolar mavjud. Halok bölganlardan biri, 13 yoşli qiz uyidagi devor qulagan, deb xabar bermoqda Reuters.

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatining Quyi Dir tumanida uy tomining qulaşi oqibatida bir ayol halok böldi, 7 kişi jarohat oldi. 

Islomoboddagi ayrim binolarda katta yoriqlar paydo bölgan.

Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif tegişli tuzilmalarga yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarga tayyor turiş böyiça körsatma berdi. Hozirgaça jami 9 kişining ölimi haqida xabar berilgan. 

AQŞ Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga köra, zilzila episentri Afğoniston şimoli-şarqidagi Badaxşon viloyatining Jurm tumanida bölgan. Uning öçoği 187,6 km çuqurlikda joylaşgan. Afğoniston matbuotiga köra, silkinişlar kuçi 6,8 ballni taşkil qilgan. 

Afğonistonda zilzila Taxar, Badaxşon, Qunduz va Panjşer viloyatlarida ham kuçli sezilgan.

Afğoniston şimoli-şarqidagi Taxar viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga köra, zilzila oqibatida kamida 20 ta turar joy binosi vayron bölgan, deb xabar berdi Aamaj News. 

«Manbalarning Aamaj axborot agentligiga ma’lum qilişiça, kuçli zilzila natijasida Taxar viloyatining Varsaj va Kalafğon tumanlarida 20 ta turar joy binosi vayron bölgan. Taxardagi zilzila qurbonlari haqida hozirça ma’lumot yöq», deyiladi xabarda. 

Avvalroq agentlik Panjşer viloyatida kuçli zilzila natijasida Dareh tumanidagi Abdulla Hel qişloğidagi uçta turar joy binosiga jiddiy zarar yetganini xabar qilgan edi.