Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga köra, zilzila magnitudasi 6,6 bölgan. Zilzila episentri Toşkentdan 561 km janubi-şarqda.
Özbekiston hududida seziliş kuçi:
- Surxondaryo viloyatida 5-6 ball;
- Toşkent şahri, Farğona, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Samarqand, Namangan, Qaşqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 5 ball;
- Xorazm viloyatida 4-5 ball;
- Qoraqalpoğiston Respublikasida 4 ball.
Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus şimoliy kenglik; 70,98 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Çuqurlik 220 km.
Yer qimirlaşi vertikal va davomli xarakterga ega böldi. Toşkent şahrida köp qavatli uyda yaşovçilar va savdo markazlaridagi odamlar köçaga çiqib olişdi.
- 1966 yil 26 aprelida kuçli zilzila oqibatida Toşkentda şahar markaziy qismi amalda butkul vayron bölgan. Öşanda seysmik tebraniş oqibatlari tufayli kamida 10 kişi halok bölib, bir neça yuz kişi jabrlangan, 300 mingga yaqin kişi boşpanasiz qolgan. Zilzila oqibatlarini bartaraf etiş işlariga SSSRning barça respublikalaridan yordam kelgandi.
- 2023 yil 6 fevralida Turkiya janubi-şarqi va Suriya şimoli-ğarbida sönggi ön yilliklardagi eng vayronkor zilzila sodir böldi. Qurbonlarning aniq soni hozirga qadar ma’lum emas, ammo Turkiyada bu raqam 50 mingdan oşgan.

















