Çexiyaning yangi prezidenti Petr Pavel Berlinni Yevropa mudofaa va xavfsizlik siyosatida yetakçilik rolini öz zimmasiga olişga çaqirdi. «Germaniya öz yetakçiligini köp jihatdan körsatişiga işonaman», dedi u 21 mart, seşanba kuni Berlinga özining ilk taşrifi çoğida. Boşqa narsalar qatorida, Germaniya uruşdan keyin Ukrainani tiklaş böyiça yetakçi davlatga aylanişi kerak, deydi Pavel.

Germaniya va Çexiya örtasidagi munosabatlar «juda yuqori darajada va biz uni yanada yuqoriga kötarişni xohlaymiz», dedi Pavel Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan Berlindagi Belvyu saroyida ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida, U «strategik muloqot» doirasida Germaniya-Çexiya hukumati uçraşuvlarini muntazam ötkazişni taklif qildi.

Öz navbatida, Ştaynmayyer Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi bilan Yevropadagi tinç tartibni buzganini aytdi. Hozirgi vaziyatda Yevropa Ittifoqi va NATO doirasida birlikni saqlaş muhim vazifadir, dedi u. «Germaniya-Çexiya munosabatlari heç qaçon hozirgidek yaxşi bölmagan», dedi Ştaynmayyer. U kelgusi yillarda ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga va’da berdi.

Har ikki siyosatçi ham bir ovozdan YeI va NATOning Rossiyaga nisbatan muştarak pozitsiyasini va Rossiya bosqinidan özini himoya qilayotgan Ukrainaga köproq yordam berilişini bildirdi. Ular, şuningdek, şarqiy qanotda NATO askarlarining bölişi muhimligini ta’kidladilar.