Xorazm eng avvalo şevasining ajoyibligi bilan ajralib turadi. Misol uçun, al sözi – qöl, zangi – narvon, nişatajaksan – nima qilmoqçisan, yejaşdim – hazillaşdim, çorak – non degani.

Xorazmning tumanlari orasida şevalarda ham katta farq bor. Xiva bilan Gurlan tumani şevasi bir-biridan katta farq qiladi. Lekin bu muhitda yaşamagan inson uçun şevaning quloqqa eşitilişi juda yoqimli.

Xorazmliklar xom göşt yeydi, desam işonasizmi? Xivada tayyorlanişini körgan va tatib körgan eng ğaroyib taomim ijjan böldi. Buning tayyorlaniş jarayoniga guvoh bölmagan odam xom göştni qanday yeyiş mumkin, deb öziga savol beradi.

Aslida Xorazmda köplab ajoyibotlar bor. Ularni eşitişdan köra köriş afzal. “Manzil”ning yangi sonida özingiz guvoh böling.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus