AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy asosiy stavkani 0,25 foiz punktga oşirdi. Endi uning diapazoni 4,75-5 foizni taşkil etadi, deya xabar beradi agentlik 22 mart, çorşanba kuni. Bir yil içida sakkizinçi marta oşirilgan stavka 2006 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.
FZT öz bayonotida ösiş tahlilçilarning prognozlariga mos kelişini va Silicon Valley Bank (SVB) hamda Signature Bank'ning yopilişidan keyingi inqiroz bilan boğliqligini ta’kidladi. Agentlikning ta’kidlaşiça, inqiroz ta’sirining kölami «hali aniq emas», ammo AQŞ bank tizimi «soğlom va bardoşli».
Öz navbatida, Oçiq bozorlarda operatsiyalar böyiça federal qömita (FOMC) uzoq muddatda maksimal bandlik va 2 foiz inflatsiyani maqsad qilganini bildirdi.













