Baxmut uçun janglar boşlanganiga yetti oydan oşdi. Bu yönalişdagi Rossiya kuçlarining asosiy kuçi bölgan «Vagner» XHK yollanma jangçilari oldinga siljiyotganiga qaramay, ukrain armiyasi şahar mudofaasini davom ettirmoqda. Mart oyi boşida harbiy kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut deyarli qurşab olinganini aytib, Ukraina qurolli kuçlariga şaharni tark etişni taklif qilgandi. Harbiy tahlilçi Rob Li tvitterdagi sahifasida Baxmut uçun janglar va Ukraina armiyasi kutilayotgan yuriş arafasida qanday holatda ekani töğrisida tred yozdi.
Rob Lining ta’kidlaşiça, Rossiya qöşinlari yuriş davomida frontning bir neça uçastkalarida ilgarilaşga harakat qilişdi, ammo ularning muvaffaqiyatlari kamtarona böldi. Şu bilan birga, masalan, Vuhledarda Rossiya armiyasi ukrainlarga qaraganda «ança katta yöqotişlar»ga uçradi. Rossiya Baxmutda ham jiddiy yöqotişlar berdi, ammo bu yerda ular janubiy va şimoliy qanotdan yorib ötişga muvaffaq bölişdi. Natijada yöqotişlar nisbati Ukraina qurolli kuçlari uçun ham yomonlaşdi.
Rossiya kuçlarining qanotlarda oldinga siljişi şunga olib keldiki, Ukraina armiyasining asosiy ta’minot yönalişlari rossiyaliklarning artilleriya zarbalari yetib boradigan doiraga kirdi.
Fevral oyi oxirida Rossiya artilleriyasi Baxmutga hujumlarni kuçaytirdi. Rob Li buni 106-havo-desant diviziyasi faoliyati bilan boğlaydi. Rossiya mudofaa vazirligi 22 fevral kungi hisobotida Donetsk yönalişida «şturmçi köngilli otryadlar Rossiya havo-kosmik kuçlarining şturmçi aviatsiyasi bölmiş Tula havo-desant qöşinlari bölinmasi kömagida muvaffaqiyatli yuriş harakatlari»ni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) gap aynan 106-diviziya haqida ketayotganini taxmin qilgan.
Rob Li şuningdek Baxmutda jang qilayotgan «Vagner» XHK yollanma jangçilariga «ular qanday kerak deb hisoblasa şunday jang qilişlari» va raqibning zaif nuqtalarini topişi uçun [RF qurolli kuçlari bölinmalariga qaraganda] «köproq harakat erkinligi taqdim etilgan».
Ukraina qurolli kuçlari qanday vaziyatda?
Ukraina ataylab asosiy zaxiralarini saqlab turibdi va ularni Baxmut va frontning boşqa uçastkalariga yubormayapti. Rob Lining qayd etişiça, Ukraina armiyasi uçun hozirda ustuvor vazifa — bahorgi yuriş uçun yangi bölinmalarni şakllantiriş va tayyorlaş hisoblanadi. Şu bilan birga, ular front çiziğini uşlab turişga urinmoqda. Tahlilçining fikriça, Ukraina qurolli kuçlarining bahorgi qarşi hujumi Rossiya armiyasining hozirda davom etayotgan yurişidan köra sezilarli darajada muvaffaqiyatga erişişi mumkin.


















