2022 yil 1 sentabrdan xususiy sektorda band ayollarning homiladorlik va tuğiş nafaqasining bir qismi – 1 mln 992 ming sömi budjetdan kompensatsiya qilina boşlandi.
Buning uçun ma’lum talablar bor:
- Nafaqaga talabgor ayol kamida uzluksiz 6 oy davomida öşa korxonada işlagan bölişi kerak;
- Yagona milliy mehnat tizimida rasman band bölgani, korxona tomonidan mehnat daftarçasi oçilgani hamda uning buyruqlari korxona tomonidan kiritilgani hisobga olinadi;
- 6 oy davomida ayolning Davlat soliq qömitasi ma’lumotlar bazasida daromadlari va soliq tölovlari aks ettirilgan bölişi kerak;
- Nafaqa faqatgina 2022 yilning 1 sentabridan boşlab “dekret”ga çiqqan ayollarga tölab beriladi.
“Bor otangga, bor onangga”
Kun.uz'ga kelib tuşgan murojaatga köra, xususiy sektorda band bölgan ayrim ayollar dekret pulini ololmayapti.
“Xususiy korxonada işlayman. 11 fevral kuni dekretga çiqdim. Tibbiyot muassasasida oçilgan “bolniçniy list”imga barça ma’lumotlar töğri kiritilganiga qaramay, bir oydan ortiq vaqtdan beri menga dekret puli tölab berilmayapti. Qayerga murojaat qilişni bilmay, Yagona darça va hududiy pensiya jamğarmasiga murojaat qildim. Ular bu masala bilan şuğullanmasligini, bunday tartibdan xabarlari ham yöqligini va köplab ayollar dekret pulini sörab ularga murojaat qilayotganini aytişdi”, – deydi murojaatçi.
Ayol işlaydigan korxona (xususiy maktab) kadrlar bölimi boşliği esa biz bilan suhbatda yaqinda yana 2 nafar ayol dekretga çiqişi kerakligi va ular bilan ham şunday muammo yuzaga kelişi mumkinligidan xavotirda.
“Biz murojaat qiliş uçun kontakt topa olmadik. Xodimimiz boğlangan idoralar bu masala ularning vazifasiga kirmasligini aytyapti”, – deydi u.
Özi qayerga murojaat qiliş kerak edi?
Yangi tartib işga tuşişidan oldin Kun.uz bilan suhbatda













