23 martga ötar keçasi Özbekistonning qator hududlarida yana yer silkinişi kuzatildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilişiça, Toşkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir böldi. Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus şimoliy kenglik; 69,93 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=6. Çuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toşkentdan 217 km janubiy-şarqda.

Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:
- Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km
- Farğona viloyatida 5 ball, 192 km
- Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km
- Toşkent şahrida 5 ball, 217 km
- Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km
- Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km
- Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km
- Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km
- Qaşqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km
- Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km
- Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.
UPD: Toşkent vaqti bilan soat 01:36 da Tojikistonda 3,9 balli ikkinçi zilzila (afterşok) sodir böldi. Zilzila epimarkazi Toşkentdan 215 km janubiy-şarqda.
Eslatib ötamiz, 21 mart kuni, Toşkent vaqti bilan soat 21:47 da Afğonistonda röy bergan 6,6 balli zilzila Özbekistonning barça hududlarida sezilgan, Toşkent şahrida yer silkinişi kuçi 5 ballni, Surxondaryo viloyatida 6 ballni taşkil etgandi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston hududida bunga qadar eng kuçli zilzila 2011 yil 20 iyuliga ötar keçasi, soat 01:35 da röy bergan, Özbekiston va Qirğiziston çegarasida 6,2 balldan 7 ballgaça baholangan yer silkinişi oqibatida 13 kişi halok bölib, 86 kişi tan jarohati olgandi.
















