23 mart kuni musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boşlanadi. Tong otişidan quyoş botişigaça bölgan röza yaşaş manziliga qarab 12 dan 18 soatgaça davom etadi. Islom arkonlariga köra, rözador kişi kunduzi ovqatlaniş, içiş, çekiş va jinsiy yaqinlikdan saqlanişi lozim. 

Nega Ramazon har yili har xil kunda boşlanadi? 

Har yili Ramazon avvalgiga qaraganda 10-12 kun oldin boşlanadi. Çunki Islom taqvimi hijriy qamariy taqvimga asoslangan va oylar 29 yoki 30 kundan iborat. Bu yil Makkada rözaning birinçi kuni 23 mart, payşanba kuni böladi. 

Qamariy yil quyoş yilidan 11 kunga qisqa bölgani uçun Ramazon oyi 2030 yilda ikki marta, avvaliga 5 yanvarda, keyin esa 25 dekabrda boşlanadi.

Keyingi safar Ramazon 33 yildan keyin, 2056 yilda 23 martda boşlanadi. 

Dunyo böylab röza tutiş vaqtlari 

Röza tutiş soatlarining miqdori butun dunyo böylab farq qiladi. 

Çili yoki Yangi Zelandiya kabi dunyoning eng janubiy mamlakatlarida yaşovçi musulmonlar bu yil örtaça 12 soat, Islandiya yoki Grenlandiya kabi şimoliy mamlakatlarda yaşovçilar esa 17 soatdan ortiq röza tutişadi. 

Şimoliy yarimşarda yaşovçi musulmonlar uçun bu yil röza tutiş soatlari biroz qisqaradi va 2031 yilgaça, ya’ni Ramazon eng qisqa kunni qamrab olgunga qadar kamayib boradi. Ekvatordan janubda yaşovçi musulmonlar uçun esa buning aksi böladi. 

20 apreldan 22 avgustgaça quyoş botmaydigan Norvegiyaning Longyir kabi şimoliy şaharlarda Makka, Saudiya Arabistoni yoki eng yaqin musulmon mamlakati vaqti böyiça röza tutiladi. 

Quyida dunyo şaharlarida röza tutiş soatlarining örtaça miqdori keltirilgan. Haqiqiy miqdori hisoblaş usullariga qarab özgarib turadi. 

Qaysi şaharlarda röza tutiş vaqti eng uzun?