Soğliqni saqlaş vazirligi (SSV) Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga tayanib, rözadorlar uçun soğlom ovqatlaniş yuzasidan işlab çiqilgan tavsiyalarni taqdim qildi.
Qayd qilinişiça, tavsiyalarga amal qilib, ortiqça vazndan xalos böliş, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirişga erişiş mumkin.
Xususan, rözadorlarga kunduzi havo harorati yuqori bölgan paytda salqin va soya joylarda qoliş hamda quyoşda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi.
Iftorlik va saharlik oraliğida köp miqdorda suv içiş maqsadga muvofiq, çunki kunduzi havo harorati yuqori bölişi köp ter ajralişiga sabab böladi. Şu bois kun davomida yöqotilgan suyuqlik örnini qoplaş ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uçun esa kamida 10 stakan suv içiş tavsiya etiladi.
Sersuv mahsulotlar tanovul qiliş orqali ham bu me’yorni qisman qoplaş mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin desert sifatida höl mevalarni yeyiş foydali. «Açiq-çuçuk» salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv ne’matlar hisoblanadi.
Şörva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste’mol qiliş mumkin.
Tarkibida kofein mavjud bölgan kofe, çoy, kola kabi içimliklardan voz keçib turgan ma’qul. Çunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayişiga (degidratsiya) olib keladi. Şuningdek, gazlangan şakarli içimliklar kaloriyaga boy bölişini esdan çiqarmaslik zarur.
Kun davomida juda köp harakat qiliş organizmning köp miqdorda suv yöqotişiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki çigalyozdi maşqlar bilan tanani tonusda uşlab turişi mumkin. Ammo kun böyi harakatsiz ötiriş ham tavsiya qilinmaydi.

















