Buyuk Britaniya mudofaa vaziri örinbosari baronessa Annabel Goldi London Ukrainaga yadrolari kuçsizlantirilgan uranli artilleriya snaryadlarini yuborayotganini tasdiqladi.

Bu bayonot Rossiya rasmiylari, jumladan, prezident Vladimir Putinning öta keskin reaksiyasiga sabab böldi. Ammo ukrainalik va rossiyalik qurolli kuçlar böyiça ekspertlar bunday öq-dorilar Rossiyada ham işlab çiqarilişini aytmoqda.

«Ukrainani Chellenjer-2 asosiy jangovar tanklari bilan ta’minlaş bilan bir qatorda, biz öq-dorilar, jumladan, tarkibida kuçsizlantirilgan uran bölgan zirhni teşuvçi snaryadlarni ham Kiyevga yetkazib beramiz», degan Goldi hamkasblaridan birining parlament söroviga javoban.

«Bunday snaryadlar zamonaviy tanklar va zirhli texnikalarga qarşi yuqori samaradorlikka ega», deya qöşimça qilgan u.

Rossiya rasmiylari bu yangilikka oçiqça ğazab bilan munosabatda böldi va bu qadamga qanday javob berişni jiddiy öylab köriş bilan tahdid qildi.

Kuçsizlantirilgan uran nima özi?

Kuçsizlantirilgan uran boyitilgan uran işlab çiqarişdagi qöşimça mahsulotdir.

Kuçsizlantirilgan uran özining yuqori ziçligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi va şu xususiyatlari sabab harbiy texnika uçun zirh işlab çiqarişda ham, öq-dorilar işlab çiqarişda (zirh teşuvçi raketalarning asosi sifatida) ham işlatiladi.

Ukrainalik tankçi Challenger-2 zambaragini öqlaşni örganmoqda. Foto: Getty Images

Bunday uran garçi zaharli va kanserogen (zararli ösimtalar paydo qiluvçi) hisoblansa-da, juda yuqori radioaktivlikka ega emas.

Yevropa Ittifoqi saytida aytilişiça, kuçsizlantirilgan uranli öq-dorilar Fors körfazi uruşlarida, şuningdek, Serbiya va Kosovoda qöllangan. Ulardan foydalaniş maydalangan uran ta’siridan kelib çiqadigan soğliq uçun jiddiy xavflar sabab taşvişlar uyğotgan. Yevropa Ittifoqi veb-saytida ta’kidlanişiça, bir neça tadqiqotlar davomida moddaning zararli ekaniga yetarli dalillar topilmagan, ammo mutaxassislarning xulosalari turliça talqin qilingan.

Öz navbatida, AQŞ atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi veb-saytida aytilişiça, kuçsizlantirilgan uran tanaga kirib ketsa, juda xavflidir.