Surxondaryo viloyatida “Konstitutsiya özimizniki” tarğibot tadbiri ötkazildi. Unda tadbirkorlar, şifokorlar va turli soha vakillari öz hikoyalari bilan yiğilganlar oldida çiqiş qildi. Xususan, Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati boşqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Rözigul Safarova şunday dedi:

“9 yil davomida tabiatni asraş uçun kunni tunga ulab, issiq-sovuq demay işladim. Öşa vaqtlarda kökragimga medallar taqişni orzu qilgandim, ammo ularning örniga qölimga kişan taqildi. 3 yil-u 4 oy deganda ota-onam, farzandlarim bağriga qaytib keldim. 

Qamalgan, sudlangan degan tamğa peşonamda bölsa ham oqlanib, yana özimning sevgan kasbimda qayta işlaşimni kim öylabdi deysiz. Buni kimdir tuşida körsa ham işonmaydi. Şunday şaroitlarga erişişimga sabab nima? Yangi Özbekistonda yangi hayotning bölişi”.

Qayd etiş joiz, Rözigul Safarova tabiat muhofazasi tizimida viloyat miqyosidagi yagona rahbar ayol hisoblanadi. Avvalroq Kun.uz u bilan intervyu taşkil etgandi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq bunday tarğibot tadbirlarining Farğona, Andijon, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ötkazilgani haqida xabar berilgandi.