Jamiyatimizda xotin-qizlar aksariyat holatda öqituvçi, tarbiyaçi, şifokor yoki tikuvçi sifatida qabul qilinadi. Ota-onalar qizlarini aynan şu kasblarga yönaltirişga harakat qiladi. Qolipdan çiqmoqçi bölgan qizlar esa köpinça tösiqlarga uçraydi. 

Tabiat muhofazasi tizimida ayollar juda kam. Çunki örmonçilik, ekologlik kasbiga «erkaklarning işi» deb qaraladi. Suhbatdoşimiz Rözigul Safarova ekologiya fanlari nomzodi, Tabiat resursari vazirligi Surxondaryo viloyati boşqarmasiga rahbarlik qilib kelmoqda. 

— Rözigul opa, siz Tabiat resurslari vazirligi tizimidagi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qiliş viloyat boşqarmalari rahbarlari içida yagona ayol rahbarsiz. Nega bu sohani tanlagansiz?

— Tomirimda oqayotgan qon, har bir olayotgan nafasimda ekologiya mujassam. Qişloq xöjaligi institutining Örmon xöjaligi fakultetini bitirib, 1988 yili Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasida faoliyatimni boşladim. Bu yönalişini tanlaşimga sabab bolaligimdan örmon qöynida ulğaydim. 

U yerdagi sokinlik, tabiatning gözal manzarasi doimo meni maftun etgan. Örmon xöjaligi fakultetiga hujjat topşirmoqçi bölganimda, otam «bu qiz bolaning işi emas, doimo toğma-toğ ot minib yurmaysan, turmuş qurişing kerak, undan köra şifokor böl, qiz bolaga şu kasb ma’qul», deganlarida «men fikrimdan qaytmayman, örmonçi bölaman», deb sözimda qat’iy turganman. 

Maktabni bitirib, Toşkentda Qişloq xöjaligi institutiga hujjat topşirib qaytdim. Otam «Medinstitutga hujjat topşirdingmi?» deganlarida jim turavergandim. Çunki yolğon gapirsam, otam aybimni bilib qoladi, yolğon gapirmasam «hujjatlaringni qaytarib ol» derdi. 

Yurak yutib, «ota, Qişloq xöjaligi institutiga hujjat topşirdim», deganimda «mabodo örmon xöjaligi fakultetiga emasmi?» deb söradi. Tasdiq işorasini olgaç, «eh, qaysarsan, baribir bilganingdan qolmasligingni bilardim», degan. 

Inson özi tanlagan kasbini egallayman desa, heç narsa unga tösiq bölolmaydi. Yoşligimizdan otam bizga ot minişni örgatgani uçun, amaliyotda ham bemalol toqqa çiqib ketaverardim. Çunki özim holatni közim bilan körmasam, işonmasdim. Öqişni tamomlab, laboratoriyada iş boşlaganman. Laboratoriyada işlaş, tahlillarni amalga oşiriş menga ekologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oliş imkonini berdi. Laboratoriyadan bölim boşliği, keyin inspeksiya boşliği lavozimlarida işladim. 1994 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiliş, ilmiy işimni davom ettiriş uçun Toşkent viloyati Ekologiya qömitasiga işga kirdim. 

Boşqarma boşliği meni işga qabul qilayotganida «Qizim, farzandlaringdan keçib, şu yerga kelibsan, maqsading nima?» degan. Men «avvalo ilmiy işimni yakunlaşim kerak. Surxondaryo viloyati Ekologiya qömitasiga rais bölib bormoqçiman», deganman.