Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 mart kuni davlat mulkini xususiylaştiriş işlarining ijrosi va bu borada joriy yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda davlat rahbarining qarori bilan xususiylaştiriş dasturi tasdiqlandi. Unda uçta yönalişda – aksiya, köçmas mulk va IPO böyiça xususiylaştiriş rejalari belgilangan.
Birinçidan, 1 mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga çiqariladi.
Ikkinçidan, 1 mingta köçmas mulk obektlari ommaviy savdolarga qöyiladi. Ularda 600 gektar yer va 1 million kvadrat metrli bino-inşootlar mavjud. Eng muhimi, infratuzilma bilan ta’minlangan va aholi punktlariga yaqin.
Uşbu obektlarni sotişni tezlaştiriş uçun mulklarni sotişga tayyorlaş muddati hozirgi 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgaça bölgan obektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida töğridan-töğri savdoga çiqarişga ruxsat beriladi.

Uçinçidan, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat uluşi «xalqçil IPO» orqali sotiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kombinatlari, Metallurgiya kombinati, «Öztelekom», Milliy bank, Sanoatqurilişbank kabi yirik korxonalarning örtaça 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi. Bunda aholiga aksiyalarni töğridan-töğri sotib oliş imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar beş yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend tölaşga yönaltiradi.
Hisob-kitoblarga köra, mazkur dastur samarasida joriy yilda 13 trillion söm tuşum ta’minlanadi, 3 mingta yangi korxona taşkil etiş va 50 mingta iş örni yaratiş imkoniyati paydo böladi.
Xususiylaştiriladigan davlat mulklari imkoniyatini aholi va tadbirkorlar örtasida tarğibot qiliş, hujjatlarni rasmiylaştirişda ularga kömaklaşiş muhimligi ta’kidlandi. Yirik davlat kompaniyalarini kapital bozoriga olib çiqiş, investitsiya loyihalari samaradorligini oşiriş böyiça körsatmalar berildi.


















